Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Toshkent «UEFA Chempionlar Ligasi Kubogi»ni qabul qiladi

Toshkent «UEFA Chempionlar Ligasi Kubogi»ni qabul qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi va “Pepsi Uzbekistan” “UEFA Chempionlar ligasi kubogi”ning Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba O‘zbekiston poytaxtiga olib kelinishini e’lon qiladi. Futbol olamidagi asosiy mukofotlardan biri bo‘lgan kubok poytaxtimizning “Anhor Lokomotiv” bog‘ida joylashgan “Axelon” karting klubida 22-23 fevral kunlari namoyish etiladi.

Mukofotning dunyo shaharlarida namoyish qilinishi futbol muxlislarining sevimli va uzoq kutilgan tadbirlaridan biridir. Bu galgi “Kubok va muhlislar uchrashuvi”ning o‘ziga xosligi shundaki, ushbu mukofot avval faqat Yevropa mamlakatlariga keltirilgan va ommaga namoyish qilingan.

“UEFA Chempionlar Ligasi kubogi”ning Toshkentga olib kelinishi nafaqat yurtimiz balki, Markaziy Osiyo tarixida ham muhim voqeadir. Aynan bizning kompaniyamiz mazkur afsonaviy kubokni O‘zbekistonga olib kelish sharafiga ega ekanidan bag‘oyat xursand. Ushbu voqea mintaqa va mamlakat futbol muxlislari xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga ishonamiz." – deb izohladi O‘zbekistondagi PepsiCo hamkori «International Beverages Tashkent» kompaniyasi ijrochi direktori Maksim Yefremov.

Bu haqiqiy futbol ishqibozlari, Toshkent aholisi va shahar mehmonlari uchun “UEFA Chempionlar Ligasi kubogi”ni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishning ajoyib imkoniyatidir. Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “Pepsi Uzbekistan” jamoasi sa’y-harakatlari tufayli 22 va 23 fevral kunlari muxlislar kubok bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va uning yutimizga olib kelinishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etishlari ham mumkin.

“UEFA Chempionlar Ligasi kubogi” — bu balandligi 74 sm va og‘irligi 7,5 kg bo‘lgan, ichi oltin qoplamali kumush amforadir. 1955 yildan beri eng zo‘r futbol jamolariga topshirib kelinayotgan kubokning orqa tomoniga turli mavsumlarda g‘olib bo‘lgan klublarning nomlari o‘yib yozilgan. Kubokning hozirgi egasi — Angliyaning "Liverpul" klubi.

Siz https://t.me/pepsi_uefa_bot telegram botida ro‘yxatdan o‘tib, tadbir ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:59, 20.02.2020.
O'qildi: 10558 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.