Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning yangi yarim himoyachisi Kristian Eriksenning Yevropa Ligasi 1/16 final dastlabki uchrashuvida «Ludogors» (2:0) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yiniga baho berdi.
— Uning gol kiritganidan xursandman, chunki bunday gollar unga ishonch bag‘ishlaydi. Lekin unga tepmni qaytartish kerak. Oldingi yillarda bu uning kuchli tomonlari edi. U yaxshi o‘ynadi, lekin mening o‘ylashimcha, u yanada kuchli o‘yin namoyish eta oladi. U hali optimal formasini yig‘a olmadi. Bizga dastlabki daqiqalardan yoki maydonga tushgan zahoti jamoamizga yordam bera oladigan futbolchi bilan shartnoma imzolaganmiz, - Konte Sky Sport Italia.