Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Arteta yarim himoyachiga qiziqib qoldi

 

Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta yozda jamoa uchun yarim himoyachi sotib olmoqchi.

“The Mirror” nashrining ma’lum qilishicha, murabbiy “Valensiya” yarim himoyachisi Karlos Solerani “kononirlar” libosida ko‘rishni istamoqda.

23 yoshli futbolchining tavon puli 140 million yevroga teng bo‘lgani uchun bu transferning amalga oshishi juda mushkul. Shunga qaramay, “Arsenal” yozda “Valensiya” bilan futbolchiborasida muzokaralar o‘tkazishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Solera “La Liga”ning 15 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z xisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.

Mourino turk futbolchisiga qiziqib qoldi


Angliyaning “Tottenhem” jamoasi yozda Turkiyaning “Fenerbahche” klubiyarim himoyachisi Ozan Tufanni Londonga olib kelish uchun urinib ko‘radi.

Bu haqida“TurkishFootball”nashri ma’lumot tarqatmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchining “Galatasaroy” bilan o‘yininistadiondan kuzatish uchun Jozening yordamchilari Turkiyaga yo‘l oladi.

Joze Mourino Tufanni Erik Dayerning o‘rnini egallashini umid qilmoqda. Portugaliyalik murabbiy ingilizning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmayotgani uchun shu qarorga kelgan.

“Chelsi” darvozabon izlashda davom etadi


Londonning “Chelsi” jamoasi yozda Kepa Arrisabalagaga munosib raqobatchi izlashda davom etayotganidan xabaringiz bor.

“AS” nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” yozda “Ayaks” darvozaboni Andre Onanani jamoaga olib kelishmoqchi.

“Chelsi” Onana uchun 40 million yevro taklif qilmoqchi. Agar, “Ayaks”ni ushbu summa qoniqtirmasa, “Chelsi” darvozabonni xarid qilishdan fikridan qaytadigan bo‘ldi.

“Lester” braziliyalik uchun kurash olib boradi

 

Angliyaning “Lester” jamoasi “Lill” klubi himoyachisi Gabriel Magalyaes uchun kurashga kirishdi.

“Tulkilar” o‘zlarini braziliyalik futbolchi uchun kurashda fovorit deb hisoblashmoqda. Sababi, ulardan tashqari Gabriyel uchun kurashayotgan “Arsenal” va “Everton”dan farqli o‘laroq. “Lester” kelasi mavsum YECHLda ishtirok etish huquqiga ega.

“Le10 sport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Lill” o‘z himoyachisini 20-30 million atrofida baholamoqda.

Futolchining o‘zi kelasi mavsumda boshqa jamoaga o‘tish maqsadida klub yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi ushbu mavsumda 21 ta o‘yinda ishtirok etdi va xisobiga 1 ta gol yozib qo‘ydi.

“Yuventus”ga hujumchi kerak

 

Turinning “Yuventus” jamoasi yozda Iguainning o‘rnini yoshroq to‘purar hujumchi bilan to‘ldirmoqchi.

“Tuttosport” nashrining ma’lum qilishicha, klub shortlistida “Manchester Siti” klubi hujumchisi Gabriyel Jezuz bor.

Turinliklar brazliyalik forvordni shaxsan Maurisio Sarrining iltimosiga ko‘ra xarid qilmoqchi.

Agar “Manchester Siti” YECHLdan 2 mavsum quruq qolsa, “Yuventus” Jezuz uchun “shaxarliklar”ga 70 million yevro taklif qilmoqchi.

“Yuventus” Konseluni ortga qaytarmoqchi

 

TMWbergan ma’lumorlarga qaraganda Joa Konselu yozda Italiyaga qaytishi mumkin. “Ko‘hna seniora” portugaliyalik futbolchini yana o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Qanot himoyachisi ayni damda to‘liqligicha Gvardiolaning talablariga javob bera olmayapti. Katta ehtimol bilan klub yozda Joauni transferga qo‘yadi. Futbolchi uchun shuningdek “Valensiya” ham da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Konselu “Yuventus”dan “Manchester Siti”ga 65 million yevro evaziga o‘tgan bo‘lsada, yangi jamoasiga moslashib keta olmadi. Qahramonimiz ushbu mavsumda atigi 10 ta o‘yindagina maydonga tushdi va biborta assisni amalga oshira olmadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:25, 22.02.2020.
O'qildi: 10318 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.