Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Orif Tolipovdan anons: "Ronaldu. Hozir bo‘lmasa qachon?!"

Orif Tolipovdan anons: "Ronaldu. Hozir bo‘lmasa qachon?!"

Baho:
+ | -

Ronaldu 2020-yilni qanday boshlaganini ko‘rib turibmiz. Oltinchi “Oltin to‘p” uchun harakat allaqachon boshlangan. Messi ham davom etmoqda. (Eybar bilan o‘yinni ko‘rayotgandirsiz). Ya’ni, biz hali ham o‘sha ERAdamiz, demoqchiman.

Hozir “A” seriyada vaziyat ayni Ronaldu bop! “Yuventus”ning 8 mavsumlik gegemoniyasiga “Lasio” va “Inter” chek qo‘ymoqchi. Bunday vaqtda Sarri jamoasini Ronaldu oldinga boshlamasa kim boshlaydi?!. 35 yoshli futbolchining o‘zi ham buni tushunib turibdi. U faoliyatini AQSH yoki Xitoyda yakunlaydigan yulduzlar sirasiga kiradi, deb o‘ylamayman. Ronaldu har doim hammasi uchun kurashib o‘rgangan. Skudetto, CHL bosh sovrini va Yevropa chempionligi himoyasi uchun kurash kutib turibdi oldinda uni. Zo‘r chaqiruv! Shunday emasmi?!

Bugungi, raqib SPAL. Hammasi joyida bo‘lsa argentinalik daho tashlagan kunlik chaqiruvga ham javob berish mumkin. Axir Ronaldu 20-o‘rinda kelayotgan raqib darvozasini birinchi davrada ham ishg‘ol etgan. Avvalgi turda kuzatilgan hordiq ham ham ayni foyda bo‘ldi. Oila bilan o‘tkazilgan vaqt portugalga qo‘shimcha kuch bo‘ladi. Buyog‘ini birga ko‘ramiz.

Soat 22:00, Futbol TV/ “SPAL” – “Yuventus”

Yarim tunda esa Ibrahimovich deb atalmish desert bor!

Soat 00:45, UzReport TV/ “Fiorentina” – “Milan”

Manba: Ориф Толипов телеграм канали
Kiritildi: 21:30, 22.02.2020.
O'qildi: 4584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.