Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Orif Tolipovdan anons: «MYU» barqarorlashyapti(mi?)»

Orif Tolipovdan anons: «MYU» barqarorlashyapti(mi?)»

Baho:
+ | -

“Bryugge”ga qarshi uchrashuv MYUning bugungi o‘yini oldidan tahlil qilish uchun hech narsa bermaydi. Katta rotasiya sabab aniq holatni baholashda yanglishib qolishimiz ehtimoli oshadi. Biroq, “Chelsi”ga qarshi o‘yin haqiqatdan o‘rganishga arziydi.

London jamoasi muxlislari albatta o‘sha o‘yindagi VAR bilan bog‘liq bahsli holatlarnigina eslashsa kerak. Ammo, ayni paytda Sulsherning tarkibi haqida ijobiy fikrlarni neytral muxlislar ham e’tirof etishsa kerak. Marsyal sport formasini tobora yaxshilab bormoqda. Tezlik, dribling, zarba kuchi va aniqligi, vaziyatni to‘g‘ri baholay olish – bir hujumchiga nima kerak bo‘lsa hammasi bor unda, aslida. Brunu Fernandesh o‘yinga tez kirishib ketdi. (Masalan, men biroz vaqt kerak bo‘ladi, deb o‘ylagandim). Yo‘q! Portugaliyalik futbolchi maydonda allaqachon erkin nafas olmoqda. Uning “Stemford Bridj”dagi assistidan tashqari hech qanday alohida harakatlari ham bunday deyishga imkon bermoqda. Aoron Van-Bissaka himoyadagi ishlaridan ortib, hujumga ham ko‘mak berishni boshlab yubordi. Fred esa hatto bilmay qolipman ikki oydan buyon klubning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilayotgan ekan!

UEFAning “Manchester Siti” ishidan so‘ng CHL yo‘llanmasini taqdim etuvchi 5 o‘rin haqida ko‘p aytildi. Amalda MYU to‘rtlik uchun ham kurashishi mumkin. Har holda Sulsher shogirdlari raqobatchilaridan biri “Chelsi”ni yengib bu harakatni boshlab yubordi.
Xullas, bugun o‘tadigan 19-o‘rinda borayotgan “Uotford”ga qarshi o‘yin muammo bo‘lmasligi lozim. Ammo, gap shundaki mavsumdagi birinchi o‘yinda shu kollektiv g‘alaba (2:0) qozongani ham fakt. Bu o‘yinimizga faqat keskinlik taqdim etadi, menimcha.

Demak, futbol muxlislarini “Manchester Yunayted” – “Uotford” uchrashuvini tomosha qilishga chorlab qolaman. Manzil o‘sha-o‘sha!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:09, 23.02.2020.
O'qildi: 2625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.