Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi

«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi “Oriyent Finans Bank” majlislar zalida “Lokomotiv“ yangi mavsum oldidan o‘z tarkibiga qo‘shib olgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi. Ushbu tadbirni “Lokomotiv“ bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov hamda bosh murabbiy Andrey Fyodorov ochib berishdi.

To‘labek Akramov: — Barchani yangi mavsum bil tabriklayman. Chempionatdagi jamoalarga omad tilayman. “Lokomotiv“ 2019-yilning dekabridan buyon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa BAAda o‘qush-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdi. Bu biz OCHL pley-off bahsiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi kerak edi. Afsuski, o‘yinda omadimiz kelmadi. Alamli mag‘lubiyatga uchradik. Umuman olganda jamoamiz shundan so‘ng bir necha sinov-nazorat o‘yinlarini o‘tkazdi. Xatolar ustida ishladik, murabbiylar shtabi ham muammolarni ko‘rib chiqishdi.

Andrey Fyodorov: — Xayrli kun. “Lokomotiv“ ushbu mavsumda umuman boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Jamoamiz matbuot ko‘z o‘ngida yangi mavsumga tayyorlandi. Jamomiz yana yangicha ko‘rinish olmoqda. Garchi ko‘plab futbolchilar jamoani tark etib, yangilar olingan bo‘lsa-da, mavsumdagi vazifalarimiz o‘zgarmaydi. Yangi futbolchilarning sifatlari anchagina yuqori va ular jamoani kuchaytira olishadi. Biz yig‘inlar davomida yoshlik va tajribani uyg‘unlashtirishga intildik. Jamoani kim boshqarsa ham, kimlar o‘ynasa ham, bizning maqsadlarimiz o‘zgarmaydi. Sovrinlar yutish — “Lokomotiv“ning asosiy vazifasi.

– Islom To‘xtaxo‘jayev “Lokomotiv“ni tark etgandi. Xitoydagi muammolar sabab uning klub bilan shartnomasi bekor qilingan deb eshitdim. U “Lokomotiv“ga qaytishi mumkinmi?

Andrey Fyodorov: — Islom dekabrda Xitoyga ketgandi. U borasidagi vaziyatni kuzatib boryapmiz. U jamoamiz tarkibida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Hozirda ham u Xitoy chempionatining boshlanishini kutyapti. U o‘z kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rishni qattiq istamoqda.

– Sobiq futbolchilarni yana jamoaga qaytarishga nima sabab bo‘ldi?

Andrey Fyodorov: — Ularning mahorati. Jamoaga tajribali futbolchilar kerak. Boshida aytgandim, bizga tajriba va yoshlik o‘rtasidagi balans kerak. Ular o‘yindagi holatni ushlab tura olishadi.

– Tojikistonlik futbolchi borasidagi ish qanday yakun topdi?

Andrey Fyodorov: — Alisher Jalilov bilan muzokaralar olib bordik. U bilan maoshini kelisha olmadik. Oybekni biz ancha vaqtdan buyon kuzatib bordik. U hozirda o‘zining yuqori jismoniy holatida. U shu orqali jamoaga katta foyda keltira olishi mumkin. Bizga sifatli futbolchilar kerak. Bu borada biz rahbariyat bilan doimo muloqotdamiz va har tomonlama o‘ylab ko‘rib ish qilamiz.

Shundan so‘ng futbolchilar tanishtirildi.

Shahzod Shaymanov: — Assalomu alaykum. “Lokomotiv“ga kelganimdan xursandman. Klub rahbariyati menga taklif bilan chiqishdi. Ko‘p o‘ylamasdan men bunga rozilik berdim. “Lokomotiv“ doimo o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadi. Shu boisdan biz “Lokomotiv“ga chempionlik uchun yordam berishga tayyormiz.

Davron Umirov: — Murabbiylar shtabidan menga taklif bilan chiqishdi. Xudo xohlasa, g‘alabaga erishib, chempionlikni qo‘lga kiritib, kelasi mavsumda OCHLda qatnashishni istaymiz.

Kaxi Maxaradze: — “Lokomotiv“ga qaytganimdan, ular menga bunga imkoniyat yaratishganidan xursandman. “Lokomotiv“ mening uyim. Bu yerni yaxshi ko‘raman.

Kirill Pogrebnyak: — “Lokomotiv“ bilan bir maqsad yoʻlida birlashdik. Bundan xursandman. Yuqori natijalarga erishishga intilamiz.

Akam Nikolay bilan gaplashdim. U bu yerda yaxshi jamoa borligini, maqsadlar yuqoriligini aytdi va “Lokomotiv“ni taklif qildi. Ha, uning “Lokomotiv“dagi faoliyati unchalik omadli bo‘lmadi. Biroq futbolda bunday holat bo‘lib turadi.

Slavko Damyanovich: — Hammaga salom. O‘zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga kelganimdan xursandman. “Lokomotiv“ yaxshi jamoa. 2 mobaynida chempionatga qattiq tayyorgarlik ko‘rdik. Hammamiz chempionlik uchun kurashyapmiz. Men ham o‘zimni ko‘rsatishga intilaman.

Marat Bikmayev: — Barchasi yaxshi bo‘ldi. “Paxtakor“ bil shartnomam yakunlangandi. Hammasi oddiy. “Lokomotiv“ga erkin agent sifatida qaytdim. Jonajon jamoam. Kuchim qolguncha “Lokomotiv“ uchun kurashishga tayyorman.

Kamron Saydazimov: — “Lokomotiv“dan taklif bo‘lganida o‘ylab ham o‘tirmasdan ijobiy javob berdim. “Lokomotiv“ning oldidagi maqsadlarini eʼtiborga olsak, bu men uchun oldinga katta qadam tashlash bo‘ladi.

AGMK bilan shartnomam tugagandi. “Lokomotiv“ tarkibida esa men asosiy futbolchi bo‘lishga intilaman.

Abdul Aziz Yusupov: — “Surxon“ bilan shartnomam yakunlangandi. “Lokomotiv“ning taklifi menga yoqdi. Xudo xohlasa “Lokomotiv“ning oldidagi yuqori maqsadlarini bajarishda o‘zimizning yordamimizni berishga tayyormiz.

Raqobat barcha joyda bor. To‘g‘ri, “Lokomotiv“da hujumchilar juda kuchli. Raqobat o‘z o‘rnida futbolchilarga o‘sishga katta yordam beradi.

Oybek Qilichev: — “Lokomotiv“dagilar menga ishonch bildirishganidan mamnunman. Chempionlik oldimizga maqsad qilib qo‘yilgan. Biz har tomonlama bu vazifani bajarish uchun intilamiz.

Ha, o‘tgan yili ilk golni men urgandim. Bu yil bu golni qanday nishonlashim borasida o‘ylab ko‘rmadim. Oldin golni urib olay, keyin o‘ylab ko‘raman.

Sherzod Fayziyev: — “Lokomotiv“ menga begona emas. Uyim, oilam, barchasi shu yer bilan bog‘langan. Rahbariyat menga katta ishonch bildirdi. Endi ularning ishonchini oqlash kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:44, 26.02.2020.
O'qildi: 3716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.