Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHL. G‘alaba qozonayotgan «Real» o‘yin so‘ngida «tarsaki yedi»

YECHL. G‘alaba qozonayotgan «Real» o‘yin so‘ngida «tarsaki yedi»

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidagi eng markaziy o‘yinlardan biri "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tdi. Sokinlik bilan boshlangan "Real" va "Manchester" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin keskin burilishlarga boy bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda har ikkala jamoa ehtiyotkor o‘yin namoyish qildi, shunga qaramay, jamoalar golli vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Jumladan, bahsning 21-daqiqasida Kevin de Bryuynening aniq uzatmasidan keyin Jezus raqib jarima maydoniga kirdi, Varanni aldadi va yaqin masofadan zarba berdi. Kurtua "Madrid"ni qutqardi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida esa "Real" o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Ferlan Mendining yuqoridan yetkazgan uzatmasidan keyin Benzema bosh bilan xavfli zarba yo‘lladi. Ederson zarbani bir amallab qaytardi, ammo darvoza maydoni chizig‘i ustida to‘pni egallagan Vinisius zarba bera olmay yiqilib tushdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda "shaharliklar" gol urishga yaqin kelishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilganidan so‘ng Kurtua to‘pni egallay olmadi. Jezusning zarbasini esa Kazemiro va Ramos chiziq ustida qaytarib qolishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Gvardiola jamoasi keskinroq o‘ynay boshladi. Ammo hisobni ochish mezbonlarga nasib qildi. Vinisius raqib jarima maydoni yaqinida Otamendidan to‘pni olib qo‘yib, ichkariga kirdi va nariga qanotdan yordamga kelgan Iskoni to‘p bilan ta’minladi. Ispaniyalik yarim himoyachi yakkama-yakka vaziyatda "Siti" darvozasini ishg‘ol qildi.

Goldan keyin Zidan jamoasi tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirdi, ikkinchi golni urish uchun oldinga o‘tib turdi. O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida esa manchesterliklar kutilmagan vaziyatda hisobni tenglashtirishdi. Kevin de Bryuyne qanotdan yetkazgan uzatmani Jezus bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ushbu gol o‘yinning borishini butunlay o‘zgartirib yubordi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Karvaxal o‘z jarima maydoni ichida Sterlingni chalib yiqitdi. Kevin de Bryuyne penaltidan unumli foydalanib, "Man. Siti"ni oldinga olib chiqdi.

Oradan yana 4 daqiqa o‘tib Serxio Ramos maydondan chetlatildi. U darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan Jezusni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. "Real" baxtiga ushbu vaziyat uchun penalti emas, jarima maydoni chizig‘i ostonasidan jarima zarbasi belgilandi. Mahrezning zarbasini esa Kurtua egallab oldi.

Shu tariqa, "Manchester Siti" javob uchrashuvi oldidan jiddiy ustunlikka ega bo‘lib oldi.

YECHL, nimchorak final, dastlabki o‘yin
Real Madrid Ispaniya – Manchester Siti Angliya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 60 Isko, 1:1 – 78 Gabriel Jezus, 1:2 – 83, penalti de Bryuyne.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Valverde, Vinisius Junior (Beyl, 75), Benzema.
Manchester Siti – Ederson, Mendi, Otamendi, Laport (Fernandinyo, 33), Uoker, Gyundogan, de Bryuyne, Bernardu Silva (Sterling, 73), Rodri Ernandes, Marez, Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Mendi (29), Valverde (48), Modrich (54).
Chetlatish: Ramos (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:57, 27.02.2020.
O'qildi: 10212 marta.
Fikrlar: 71 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик