Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Futbolni sog‘ingan olmaliqlik muxlislar diqqatiga!

Futbolni sog‘ingan olmaliqlik muxlislar diqqatiga!

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi yangi 2020 yilgi futbol mavsumiga jiddiy tayyorgarlik olib bordi va ilk rasmiy bahsni boshlash uchun shay holatda.

29 fevral kuni Superliga 1-tur doirasidagi "Metallurg"ga qarshi mavsumning ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan AGMK — "Metallurg" uchrashuvi oldidan stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarga konsert dasturi taqdim etiladi. Uchrashuv oldidan tashkil qilinadigan konsert dasturining mehmoni ajoyib xonanda, estrada yulduzi — Bahrom Nazarov bo‘ladi. Shuningdek, "Metallurg" madaniyat saroyi badiiy havaskorlik jamoalarining dasturi tuhfa etiladi.

AGMK - "Metallurg" uchrashuvi soat 16:45da start olsa, o‘yindan 1,5 soat avval, aniqrog‘i 15:00dan boshlab konsert dasturi boshlanadi.

Barcha olmaliqlik futbol ishqibozlarini 29 fevral kuni OKMK sport majmuasiga taklif qilamiz va ajoyib konsert dasturini tomosha qilib, so‘ngra o‘z suyukli jamoalarini qo‘llab-quvvatlab, yangi mavsumni g‘alaba bilan boshlashga o‘z hissalarini qo‘shishga chorlab qolamiz!

Unutmang, AGMK jamoasi Olmaliq shahri sharafini himoya qilish bilan birgalikda Siz aziz futbol ishqibozlariga g‘alaba taqdim etgan holda a’lo kayfiyat ulashishga harakat qiladi!

Yangi mavsumda yangi marralar sari yo‘lga chiqayotgan sevimli jamoangiz AGMKga chinaqam hamroh bo‘ling! AGMK muxlislar olqishidan quvvatlanadi!

Ma’lumot uchun, uchrashuv chiptalari stadion kassalarida sotilmoqda. Chipta narxi 10000 so‘m, kichik yoshdagi bolalar uchun esa 5000 so‘m etib belgilangan.

Superliga, 1-tur.
29 fevral, shanba.
AGMK - "Metallurg" (16:45)
Olmaliq shahri, OKMK sport majmuasi.
Konsert dasturi boshlanish vaqti: 15:00

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 17:15, 27.02.2020.
O'qildi: 2382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик