Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Ertaga g‘olib va sovrindor dzyudochilarimizni kutib olamiz!

Ertaga g‘olib va sovrindor dzyudochilarimizni kutib olamiz!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij hamda Dyusseldorf "Katta Dubulg‘a" turnirlarida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi.

Parij shahri mezbonlik qilgan nufuzli musobaqada dunyoning 115 davlatidan eng sara dzyudochilar ishtirok etdi. -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Boltaboyev kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Hikmatulloh To‘rayev (-73 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boltaboyev 700, To‘rayev 500 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi. Sharofiddin chorak finalda amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukini sof ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim final bellashuvida esa yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun keldi.  

Dyusseldorf turniri esa O‘zbekiston dzyudosi uchun chinakamiga omadli keldi. Bir yo‘la ikki sportchimiz o‘z vazn toifasida chempionlik shoxsupasiga ko‘tarildi. Davlat Bobonov (-90 kg) va Muhammadkarim Hurramov (-100 kg) musobaqaning oltin medali va shu bilan birga 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi. Muvaffaqiyatli ishtirok sabab Bobonov 28-pog‘onadan 17-o‘ringa, Hurramov esa 21-o‘rindan 15-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.   

So‘nggi bor bunday natija 2012 yilda kuzatilgandi. O‘shanda Parij "Katta Dubulg‘a" turnirida 2 ta, Moskva "Katta Dubulg‘a" musobaqasida 3 ta oltin medal rasmiylashtirilgan edi. Parij tatamilarida Rishod Sobirov (-60 kg), Dilshod Choriyev (-90 kg) oltin, Ramziddin Saidov (-100 kg) va Abdulla Tangriyev (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Moskvada esa Mirzohid Farmonov (-66 kg), Ramziddin Saidov (-100 kg) va Abdulla Tangriyev (+100 kg) oltin, Navro‘z Jo‘raqobilov (-73 kg), Yahyo Imomov (-81 kg) kumush, Mirali Sharipov (-73 kg) bronza medali bilan taqdirlangandi.

Oradan 8 yil o‘tib, dzyudochilarimiz "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqada 2 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi. Natijalarning ijobiy ko‘rinish ola boshlaganida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda dzyudo federasiyasi rahbariyati olib borayotgan islohotlarning salmog‘i katta bo‘lmoqda deyish mumkin.

Ertaga tonggi soat 05:15da Parij va Dyusseldorf turnirlarida zafar quchgan dzyudochilarimiz Istanbul - Toshkent avia reysi bilan yurtimizga qaytib kelishadi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi tashkil etiladi.    

O‘zbekiston dzyudo federasiyasi matbuot xizmati

Kiritildi: 23:57, 27.02.2020.
O'qildi: 2143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.