Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

Kulibali nishonda

 

Italiyaning “Napoli” jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali bir yo‘la ikkita grand e’tibor markazida turibdi. “LGDS” bergan xabarlarga ko‘ra, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” himoyachini qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqchi.

Cengallik futbolchi yozda PSJga o‘tishi haqida bir nechta manbalar ma’lum qilganiga qaramay, nemis va ingliz klublari uni sotib olish fikridan qaytganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Kalidu Parijdan o‘zi uchun 4 million yevroga uy xarid qilgan edi.

Forsberg APLga yo‘l oladimi?

“RB Leyipsig” jamoasi yarim himoyachisi Emil Forsberg yozda “buqalar” safini tark etishi tobora aniqlashib bormoqda.

“Bild” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, shved bilan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi jiddiy qiziqib qolgan va uni yozda o‘p tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Nemis jamoasi o‘z pleymeykerini 17 million yevroga sotishga rozi. Shu sababli, “qizil iblislar” yozda transferni amalga oshirishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Forsberg ushbu mavsumda Bundesliganing 16 ta o‘yinida ishtirok etdi va o‘z xisobiga 5 ta gol yozib qo‘ydi.

Savdosi eng chaqqonlardan biri Dortmundga ko‘chib o‘tadimi?

 

TMW nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Renn” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga “Borussiya Dortmund” jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.

Nemis jamoasi iqtidorli tineyjerni qo‘lga kiritish uchun o‘z tarixidagi rekord (42 million yevro) summani berishga hamtayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan. Ayni damda dortmundliklardan tashqari, futbolchi uchun “Real Madrid”, “Yuventus” va “Milan” klublari ham “og‘iz solishgan”.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga qadar “Borussiya Dortmund” klubi tarixidagi eng qimmat transfer Mats Xummels sanaladi. Jamoa o‘z futbolchisini ortga qaytarish uchun 30,5 milliondan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.

Ruiz qaysi klubga o‘tadi?

““Napoli” jamoasidagi o‘yinlari bilan barchaning e’tibor markazida turgan Fabian Ruiz yozda “Real Madrid” futbolchisiga aylanadi”,-deb xabar bermoqda “Calciomercato” nashri.

Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” Ruiz uchun “Napoli”ga 70 million yevro taklif qilmoqchi. “Real Madrid” yarim himoyachini mart oyining so‘nggi kunlariga qadar o‘z futbolchisi qilishga harakat qiladi. Sababi, Yevropa chempionatidan so‘ng, Fabianning transfer qiymati keskin ko‘tarilishi mumkin.

Virjilga yangi sherik topilgan ko‘rinadi

Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Brayton” himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi. Ayni damda “Lids”da ijara asosida to‘p surayotgan Ben Uayt yozda “Liverpul”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

“TheAthletic” bergan ma’lumotlarga qaraganda, “qizillar”ning skautlari bir necha bor 22 yoshli futbolchining o‘yinlarini stadiondan tomosha qilishga ulgurgan.

Transfermarket portal angiliyalik himoyachini 2,5 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:40, 28.02.2020.
O'qildi: 9863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.