Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Baxtiyor Ashurmatov: «G‘alabamizdagi asosiy faktorlardan biri stadionda bizni qo‘llab turgan muxlislarimiz bo‘ldi»

Baxtiyor Ashurmatov: «G‘alabamizdagi asosiy faktorlardan biri stadionda bizni qo‘llab turgan muxlislarimiz bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga 1-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri Quvondiq Ro‘ziyevlar ishtirok etishdi.

Baxtiyor Ashurmatov:  - O‘yin o‘g‘risida aytishim mumkinki, bugun ochilish uchrashuvi bo‘lgani tufayli o‘yin shiddatli kechdi. Yirik g‘alaba bir qarashda osondek tuyulishi mumkin. Lekin bugun juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Ayniqsa, 1:0 hisobda oldinda borayotganimizda raqiblarimiz bosimni oshirishdi. Juda his-hayajonga boy daqiqalar ko‘p bo‘ldi.Lekin muxlislarimizning hayqiriqlari va qo‘llab quvvatlashlari tufayli futbolchilarimiz yana oldinga intilishdi. Ikkinchi golni kiritib olganimizdan keyin ham futbolchilarim o‘yin shiddatini tushirishmadi, buning uchun ularga rahmat aytaman. Buxoro jamoasi himoyaviy o‘yin ko‘rsatishini oldindan bilgandik. Hisob 2-0 bo‘lgach raqiblarimiz himoya chizig‘ida bo‘sh zonalar ko‘paydi.  Bugungi g‘alabamizdagi asosiy faktorlardan biri bu  stadionda bizni qo‘llab turgan muxlislarimiz bo‘ldi. Stadionda yaratilgan ajoyib atmosfera uchun muxlislarimizga jamoamiz nomidan katta rahmat aytaman.

Bugun hujumchilarimiz o‘yinidan to‘la qoniqdim. Garchi ular bugun gol ura olishmagan bo‘lishsa-da,  doim raqib himoyachilarini bosim ostida  ushlab turishdi. Zohid Abdullayev borasida shuni aytishim mumkinki, biz Muzaffar Muzaffarovni safimizga qo‘shib olish borasida Zohid Abdullayevni “Metallurg”ga berishga kelishdik. Bu hujumchi bilan do‘stona xayrlashdik. Hujum chizig‘imizni kuchaytirish uchun Qo‘qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Filip Rayevasni qaytarmoqchimiz. Shu kunlarda ushbu legioner futbolchi safimizga kelib qo‘shiladi.

Quvondiq Ro‘ziyev: — Barchani bugungi futbol bayrami bilan tabriklayman. Bugun muxlislarimiz ham bizga katta kuch berishdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari bizga dalda bo‘ldi. Bugun standartlar o‘yin taqdirini hal etishi borasida murabbiylarimiz aytishgandi. Shuning uchun standartlarga alohida e’tibor berdik. Yakka kuashlarda ham raqiblarimizga imkon bermadik. Birinchi o‘yinda raqibning kuchini bilish qiyin. G‘alabamizning asosiy sababi, bugungi o‘yinda murabbiylarimizning 90 foiz ko‘rsatmalarini to‘liq amalga oshira oldik.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:01, 28.02.2020.
O'qildi: 2357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.