Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«Paxtakor» va davlatga tegishli yana 4ta futbol klubi sotuvga qo‘yiladi, bitta klub tugatiladi

«Paxtakor» va davlatga tegishli yana 4ta futbol klubi sotuvga qo‘yiladi, bitta klub tugatiladi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Davlat ulushi bor O‘zbekistondagi oltita futbol klubi sotuvga qo‘yiladi. GoSport.uz manbasi xabariga ko‘ra haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori imzolanishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish, davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotish orqali xususiy sektor rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida chiqarilayotgan qaror loyihasida O‘zbekistondagi oltita futbol klublari nomi ham sanab o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra, Termizning «Surxon» va «Buxoro» klublari 100 foiz aksiyasi sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, «Paxtakor» klubining Toshkent shahar hokimligiga tegishli 20 foiz, «Dinamo» klubining Samarqand hokimligiga tegishli 7,1 foiz va «Neftchi» klubining Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tegishli 3 foiz aksiyalari ham sotuv uchun qo‘yiladi. Sirdaryoning «Guliston» klubi (30 foiz aksiyasi viloyat hokimligiga tegishli) esa bankrotlik tamoyili asosida tugatiladi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 19:07, 28.02.2020.
O'qildi: 18653 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик