Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bilasizmi? «Mash’al» klub xalqaro bo‘limi boshlig‘i — nigeriyalik mutaxassis

Bilasizmi? «Mash’al» klub xalqaro bo‘limi boshlig‘i — nigeriyalik mutaxassis

Baho:
+ | -

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan «Mash’al» klubida xalqaro bo‘lim boshlig‘i sifatida nigeriyalik mutaxassis ishlamoqda. Bu haqda "Nasaf news" veb-sayti xabar tarqatdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuv yakunidan so‘ng, Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev «Mash’al» futbol klubining xalqaro bo‘lim boshlig‘i nigeriyalik Opemi Badmus bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida hokim jamoa tarkibiga jalb etilgan legionerlar salohiyati bilan qiziqdi.

Jamoani yanada shakllantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Ayni damda nigeriyalik Opemi Badmus tashabbusi bilan «Mash’al» jamoasi tarkibiga nigeriyalik Ifiani Ifiani va Ella Kin jalb etilgan.

Opemi Badmusning keyingi rejalari o‘zbek futbolchilarini xorij klublariga ko‘proq to‘p surishlarini ta’minlash. Shu bilan birgalikda «Mash’al» akademiyasiga xorijlik murabbiylarni jalb etishni rejalashtirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Opemi Badmusning tashabbusi bilan «Mash’al»ga jami 5 nafar legionerlar jalb etilgan.

Manba: nnews.uz
Kiritildi: 07:44, 01.03.2020.
O'qildi: 2947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик