Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Hozirdanoq Parij-2024 uchun Olimpiya terma jamoasi tuziladi

Hozirdanoq Parij-2024 uchun Olimpiya terma jamoasi tuziladi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, futbol bo‘yicha terma jamoamiz uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ham armon bo‘lib qoldi. Sportimiz mutasaddilari hozirdanoq Parij Olimpiadasi uchun kuchli jamoa shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. O‘FAda MOQ va assosiasiya rahbariyati bilan mazkur mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda har ikki tomon rahbariyati, shuningdek, futbol sohasida ulkan tarjribaga bo‘lgan ekspertlar, murabbiylar qatnashdilar.

Rejaga ko‘ra, 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan tashkil etiladigan “Olimpik 24” futbol jamoasi tuziladi. Mazkur jamoa mamlakat chempionatining Birinchi liga musobaqasida ishtirok etadi.

“Olimpik 24” jamoasi 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar asosida shakllantiriladi. Bu yoshdagi asosiy futbolchilar o‘z klublari bilan professional shartnomaga ega bo‘ladi. “Olimpik 24” safida esa ular raqobat muhitini oshirishadi va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib borishlari mumkin bo‘ladi.

“Olimpik” jamoasining chempionatdagi asosiy maqsadi – futbolchilarni shakllantirish, yangi nomlarni kashf qilish, yosh iste’dodlarga zarur o‘yin amaliyotini taqdim etishdan iborat bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, mazkur jamoa har yil o‘z yosh toifalarida qit’a musobaqalari, 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionatida ham ishtirok etib, tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan. Yillar davomida mahoratini oshirib borgan yigitlar esa 2023-2024 yillarda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Qayd etish joiz, aynan 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishlari mumkin. Ular 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati musobaqasini muvaffaqiyatli bosib o‘ta olsa, O‘zbekiston tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladi.

Olimpiya o‘yinlarining avvalgi saralash sikllaridan kerakli xulosa chiqargan MOQ va O‘FA mutasaddilari hozirdanoq yangi Olimpiada sikli boshlanmasdan turib OTJ shakllantirishga va uning bosh maqsadi qilib Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olishni belgilab oldi. Qit’amiz misolida ham aytish mumkinki, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oladigan ko‘plab jamoalar yillar davomida ushbu termani shakllantirib kelishadi. O‘zbekiston ham bu borada jahon tajribasini amalda mana shunday yo‘l bilan tatbiq qilishga bel bog‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:57, 01.03.2020.
O'qildi: 5107 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик