Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Zozulya yana bosim ostida qoldi... Gap “Andijon” himoyachisi haqida emasmi?

Zozulya yana bosim ostida qoldi... Gap “Andijon” himoyachisi haqida emasmi?

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Rayo Valyekano” klubi muxlislari Roman Zozulyani e’tiborsiz qoldirishmadi.

Segundaning 30-turida “Albasete” va “Rayo Valyekano” klublari o‘zaro bahs olib bordi.

Maydon egalarining boshlang‘ich tarkibida Roman Zozulya asosiy tarkibda maydonga tushdi. Qayd etish kerakki, ushbu jamoalarning birinchi davradagi o‘zaro uchrashuvida “Rayo” klubi muxlislari ukrainalik futbolchisi millatchilikda ayblashgandi, buning natijasida uchrashuv bir necha daqiqaga to‘xtatilgandi.

Bu safar ham o‘sha “an’ana” davom etdi: “Rayo Valyekano” muxlislari "Zozulya – kommunist" deb hayqirishdi.

Uchrashuv oxirigacha davom etdi va 1:1 natijasi qayd etildi. Roman Zozulya esa 75 daqiqa maydonda harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning fevral oyida Zozulya “Rayo Valyekano” klubiga “Betis” klubidan ijaraga o‘tgandi, lekin muxlislar ukrainalik futbolchini dushmandek qabul qilishdi. Yakunda Zozulya “Rayo” tarkibida bir marta ham maydonga tushmasdan, jamoani tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” tarkibida ham Zozulya familiyali futbolchi harakat qiladi. Ukrainali Dmitro Zozulyani Roman Zozulyaga hech qanday aloqasi yo‘q.

Kiritildi: 11:10, 01.03.2020.
O'qildi: 3190 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик