Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Yovich poyezdning so‘nggi vagoniga ham chiqa olmadi...

Yovich poyezdning so‘nggi vagoniga ham chiqa olmadi...

Baho:
+ | -

Mavsum boshida “Real Madrid”ga kelib qo‘shilgan Luka Yovichning umid uchqunlari tobora so‘nib bormoqda. Nafaqat futbolchilik, balki uning hayoti ham katta havf ostida turibdi. Sababi juda odiy. Futbolchi o‘z orzusini amalga ro‘yobga chiqarish uchun katta umidlar bilan Madridga keldi, biroq Madrid uni qabul qilmyapati...

Achinarlisi shundaki, futbolchi shahar restoranlari va turli soch turmaklaridan boshqa hech narsa bilan yodimizda qolmayapti. Vaqt esa, tobra tez o‘tib ketmoqda. Serbning Ispaniya poytaxtidagi sarguzashtlari katta ehtimol bilan 3 oydan so‘ng o‘z yakuniga yetadi. Qarabsizki, yozda futbolchi ruhan singan xolda o‘rtamiyona jamoalardan biriga o‘tadi va hammasi tamom!

Shunga qaramay, barchasi sportdagi sog‘lom raqobat bilan bog‘liq albatta. Yovichning “Real Madrid”dagi statistikasi e’tibor bergan bo‘lsangiz, barchasiga nima sabab ekanligini darrov payqaysiz. Markaziy hujumchi “qaymoqranglilar” safida 771 daqiqa to‘p surdi va ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Aslida, Yovichning kulfatida Zidanni ayblash biroz noo‘rin. Sababi, murabbiy mavsum boshida hujumchiga yetarlicha imkoniyat taqdim etdi. Xatto uni “Malyorka”ga qarshi uchrashuvning asosiy tarkibda boshlashiga ham ruhsat berdi, biroq natija kutilganidek bo‘lmadi. Keyinchalik, serb Ispaniya Superkubogida super imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq natija o‘sha-o‘shaligicha qoldi. Uning Saudiya Arabistoni maydonlarida ko‘rsatgan o‘yini klub darajasida emasligini barcha sezgach, Zidan ham “qo‘l siltadi”. E’tiborlisi shundaki, Yovich ortda qolayotgan mavsum davomida asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bo‘lsada, atigi bir marotaba o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazdi xolos. Yodingizda bo‘lsa, “Sevilya” bilan drammatik kechgan uchrashuvda serb Kroosning zarba berishi uchun imkoniyat yaratib bergan edi. To‘g‘risi, bu “Real Madrid” singari klub futbolchisining statusiga mos keladigan maqtov emas.

Boz ustiga, mavsum boshida naqd 60 million yevroga harid qilingan hujumchi uchun ham kamlik qiladi.

 

Bugun bo‘lib o‘tadigan “el-klassiko” uchun qaydnomadan o‘rin olmagan Luka haqida qanday fikr bildirish mumkin? Ba’zilar uning Benzemaga asosiy tarkibdagi o‘rnini berib qo‘ymoqda deya o‘ylashi mumkin. Qaysidir ma’noda bu ham haqiqat, biroq aslida Yovich yetarlicha kurashuvchanlik va harakter namoyish eta olmadi. U ko‘pchilik kutgan orzusi uchun oxirigacha kurash olib boradigan, qiyinchilikda katta bo‘lgan ko‘zlarida olov chaqnaydigan yigit emas ekan. Buni Zidan ham, muxlislar ham, xatto Florentino Peres ham anglab yetgani aniq. Uning maydondagi harakatlariga hech razm soldingizmi? Maydonda imkoniyat kam beradigan futbolchilar jamoaviy pressingda, bosh zonalar yaratishda faol bo‘lishlari odaitiy hol. Bilasizmi nega Janubiy amerikaliklar Yevropada tez qo‘nim topishadi? Sababi juda odiy. Ular hech qachon taslim bo‘lishmaydi. Orzusi uchun shaxsiy hayot, do‘stlari, sevimli mashg‘ulotlari, vatan sog‘inchi va boshqa ko‘plab sevimli narsalaridan voz kecha olishadi. Natija ham shunga yarasha bo‘lishi turgan gap albatta. Yevropalik futbolchilar orasida ham shunday jangovor harakter egali yetarlicha topiladi, biroq Yovich ulardan mustasno.

E’tibor qarating, bugungi “el-klasiko” qaydnomasida Yovichga joy topilmadi. Zidan o‘zining birinchi raqamli zaxira hujumchisidan voz kechgancha, Mariano Dias uchun yana bir imkon berishga qaror qildi. Ko‘pchilik xatto unitib yuborgan Diaz uchun bu yana bir imkon. Yovichku deyalarli taqdir inom etgan tuhfani ko‘kka sovurib bo‘ldi, balki Mariano poyezdning so‘nggi vagoniga chiqib olar. Yana kim biladi deysiz?!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:25, 01.03.2020.
O'qildi: 6431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.