Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Bektemir Meliqo‘ziyev olimpiadaga bormaydigan bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyev olimpiadaga bormaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bektemir Meliqo‘ziyev olimpiadaga bormaydigan bo‘ldi

Tokio olimpiadasiga saralash maqomini o‘taydigan, Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqalari saralash musobaqasida Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda bokschining vakillari GoSport.uz internet-nashriga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bektemir Meliqo‘ziyevga doping sabab qo‘yilgan taqiq 28 fevral kuni bekor bo‘lishi kerak bo‘lgan. Ammo terma jamoa murabbiylar shtabi sportchiga taqiq yechilmaganini aytgan va musobaqada ishtirok eta olmasligini bildirishgan. Manba bu borada rasmiy xat yoki tegishli hujjatning nusxasi sportchida yo‘qligini ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev musobaqada -75 kg vaznda ishtirok etishi lozim edi. Endilikda uning o‘rnini Fanat Qahramonov egallaydi. Oldinroq, Bektemir birinchi saralashda ishtirok etmasligi, uning o‘rni bo‘sh turishi va may oyida Fransiyada o‘tadigan saralash musobaqasida Meliqo‘ziyev ishtirok etishi xabar qilingandi. Keyinroq, saralash musobaqasi ortga surilgan va Bektemir Meliqo‘ziyev birinchi saralashdayoq ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 18:45, 02.03.2020.
O'qildi: 7242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик