Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

«Metallurg» - «Qo‘qon-1912»: O‘zaro o‘yinlar tirixidan

«Metallurg» - «Qo‘qon-1912»: O‘zaro o‘yinlar tirixidan

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 2-tur doirasidan o‘rin olgan “Metallurg” - “Qo‘qon-1912”  uchrashuvi 6 mart kuni Bekobod shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Mazkur jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 20 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘qqiztasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. To‘qqizta uchrashuvda bekobodliklarning qo‘li baland kelgan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati — 32-32.

Bekobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar:
27.04. 2019. Metallurg – Qo‘qon 1912  3:1
16.03. 2018. Metallurg – Qo‘qon 1912  1:0
22.09.2017. Metallurg – Qo‘qon 1912  3:0
30.04.2016. Metallurg – Qo‘qon 1912  3:1
06.06.2015. Metallurg – Qo‘qon 1912  2:1
14.05.2003. Metallurg – Qo‘qon 1912  3:1
23.03.2002. Metallurg – Qo‘qon 1912  0:2
20.09.2000. Metallurg – Temiryo‘lchi 6:1
18.04.1999. Metallurg – Temiryo‘lchi 2:0
29.05.1998. Metallurg – Temiryo‘lchi 1:1

Yirik g‘alabalar
«Qo‘qon-1912» ushbu raqibni uch marta yirik hisobda dog‘da qoldirgan – 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O‘z navbatida “Metallurg” hisobida ham ikkita yirik hisobda mag‘lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0.

O‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida, ya’ni 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 21 yildan beri bu klublar to‘qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo‘q.

Hakamlar
6 mart kuni Bekobodda o‘tadigan uchrashuvini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Coca Cola Superliga, 2-tur
6 mart, juma
“Metallurg” – “Qo‘qon-1912”
Hakamlar: Vadim Agishev, Doniyor Saylavov, Timur Galeev, Farrux Yansupov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Boshlanish vaqtlari
“Metallurg” - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi, juma kuni Bekoboddagi “Markaziy” stadionda soat 18:15 da start oladi. Ertaga esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 2-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin Bekoboddagi "Metallurg" stadionida soat 15:00 da boshlanadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 08:54, 04.03.2020.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.