Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Mirjalol Qosimov yoshlarga master-klass o‘tdi

Mirjalol Qosimov yoshlarga master-klass o‘tdi

Baho:
+ | -

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport o‘yinlari fakulteti “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi bilan hamkorlikda 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni va unda belgilab berilgan maqsad-vazifalarning ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda o‘zbek futboli ravnaqiga o‘zlarining munosib ulushini qo‘shgan va hozirda ham qo‘shib kelayotgan futbolchi va trenerlar ishtirok etishdi. Seminarda mamlakatimizning XX asrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri, ayni paytda Olmaliqning AGMK jamoasida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qosimov yoshlar bilan o‘z hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi. Shuningdek, futbolimiz afsonasidan RIOZMIning umidli yoshlariga sovg‘alar taqdim etildi.

Seminar davomida katta futbolga aynan shu maskan orqali kirib kelishgan taniqli futbolchilar, jumladan Ruslan Melziddinov, Aziz Ibragimov, Javohir Siddiqov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Shavkat Salomov kabi charm to‘p ustalari yoshlarga master-klass o‘tishdi. Qolaversa, ular RIOZMI tarbiyalanuvchilariga kerakli maslahatlar berib, o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 20:58, 04.03.2020.
O'qildi: 3273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.