Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Baxtiyor Ashurmatov: «Metallurg» qarshi hujumlardan unumli foydalandi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Metallurg» qarshi hujumlardan unumli foydalandi»

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Qo‘qon-1912” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bugun ikki teng kuchli jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. O‘yin ham teng kurashlar ostida kechdi. “Metallurg” bugun omadliroq edi va shu sababli zafar quchdi. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa o‘z maydonimizda bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

Mehmonda o‘ynaganimizga qaramay o‘zimizni xuddi o‘z uyimizda o‘ynagandek xis etdik. Buning uchun uzoq masofadan kelib jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yigitlar shijoat bilan harakat qilishdi. Vaziyatlar yetarlicha bo‘ldi. “Metallurg” imkoniyatdan foydalandi, biz esa yo‘q.

“Metallurg” himoyaviy o‘ynaydi deb taxmin qilgandik va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rgan edik. Asosan himoyadan hujumga chiqishda xatoliklar kuzatildi. Mezbonlarning tezkor qarshi hujumlarini to‘xtatib qola olmadik. Bu ham mag‘lubiyatning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.

Bekobodliklar tarkibida bir qator tezkor futbolchilar bor. Masalan Shahzod Ubaydullayev. Doniyor Narzullayevning bugun asosiy tarkibda tushishini kutmagan edik. Boisi o‘tgan tur Abror Toshqo‘ziyev gol kiritib, yaxshi harakat qilgan edi. Narzullayev bugun faol bo‘ldi va o‘yin taqdirini Narzullayevning tezkorligi hal qildi”, – dedi Ashurmatov.

“Metallurg” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:07, 06.03.2020.
O'qildi: 2370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик