Iordaniyada boks bo‘yicha lisenzion turnir davom etmoqda. Bugun terma jamoamiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga ikkinchi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Biroz avval -91 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov chorak final jangini o‘tkazdi. Eronlik Tufan Sharifi bilan kechgan bahsda bokschimiz to‘liq ustunlik qildi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra -91 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 4 ta kvota o‘ynalmoqda. Demak, yarim final final yo‘llanmasi surxondaryolik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Shu tariqa delegasiyamizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 16 taga yetdi. Bugun Olimpiada lisenziyalari uchun ringga ko‘tariladigan yana 3 nafar bokschimizga ham mana shunday g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz.