Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Manchester derbisidan keyin raqamlar

Manchester derbisidan keyin raqamlar

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 29-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z uyida «Manchester Siti»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shunchaki raqamlar:

— Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatida birinchi marta, bir mavsumda bir jamoaga 3 marta yutqazdi (ikkitasi APL, bittasi Angliya liga kubogi doirasida).

— Gvardiola faoliyatida ilk marotaba bir mavsumda chempionatning 7ta o‘yinida o‘yinida mag‘lub bo‘ldi.

— «MYU» 10 yilda birinchi marta «Manchester Siti»ni APL mavsumida ikkala o‘yindayam yutdi.

— APLda ikki jamoa bu mavsumda «Manchester Siti»ni ham uyda, ham safarda yutmoqda. Birinchisi — "Vulverhempton" (2:0, 3:2). Gvardiola so‘nggi 10 yilda bunday holatga tushmagandi.

— «MYU» 2015 yildan (4:2) beri birinchi marta «Siti»ni ikkita to‘p farqi bilan yutdi. Qizig‘i, o‘shandan beri, «qizillar» APLdagi Manchester derbilarida uyda g‘alaba qozona olmayotgandilar.

— «Yunayted» barcha musobaqalar doirasida so‘nggi 10 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi. Bu o‘yinlarning 8 tasida gol ham o‘tkazib yubormadi. To‘plar nisbati - 24-2.

— Sulsher 14 oylik faoliyati davomida Angliyada top-6 ga qarshi 10-g‘alabasiga erishdi.

— Antoni Marsial Erik Kantonadan keyin, o‘zi maydonga tushgan qatorasiga uch Manchester derbisida gol urgan futbolchi. Ikkisi ham fransiyalik.

— «Liverpul» endi Angliya chempioni bo‘lishi uchun keyingi o‘yinlarda 6 ochko olishi kifoya. Agar «Siti» hafta o‘rtasida «Arsenal»ga qarshi qoldirilgan o‘yinni yutqazsa, hatto kelasi hafta, «Liverpul» derbida g‘alaba qozonib, chempion bo‘lishi mumkin.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 00:14, 09.03.2020.
O'qildi: 9181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик