Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

UEFA delegasiyasi yurtimizga tashrif buyurdi

UEFA delegasiyasi yurtimizga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar o‘yini” yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Oldinroq xabar berganimizdek, endilikda Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Bugun UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegasiyasi yurtimizga keldi. Yevropalik mehmonlar 13 martga qadar O‘FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida O‘FA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, O‘FA hamda PFLning har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganiladi hamda yakunda assosiasiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada ko‘tarishga yo‘naltiriluvchi qo‘shma loyihalar, mutaxasislarning Yevropaning yetakchi assosiasiyalarida malaka oshirishi, qolaversa O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Yevropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilinadi.

Bugun UEFA vakillari O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashdi.

– Yevropa futbol yukasak darajada ravnaq topgani bilan boshqa qit’alardan ajralib turadi. UEFAdek tashkilot bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar amalga oshirishdan juda ham mamnun bo‘lamiz. Biz ayni damda milliy futbolimizning barcha bo‘g‘inlarida o‘z ishining chin professionallari faoliyat olib borishini maqsad qilganmiz. Buning uchun esa mahalliy mutaxassislarimizni Yevropaga tajriba va malaka oshirish uchun yuborish ayni muddao bo‘ladi. O‘zaro hamkorligimiz samarali bo‘lishidan umidvormiz, – deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

UEFA delegasiyasining ertangi kun tartibidan O‘FAning qator bo‘limlari rahbar hamda xodimlari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Qayd etish joiz, 13 mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:00, 10.03.2020.
O'qildi: 2668 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик