Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Futbol vatanidagi eng tarixiy 5 ta stadion

Futbol vatanidagi eng tarixiy 5 ta stadion

Baho:
+ | -

Stadion.uz dunyodagi eng chiroyli va tarixiy stadionlar haqidagi ma’lumotlarni berishda davom etadi. Bugun Angliyadagi eng mashxur va ko‘rkam stadionlar haqida so‘z boradi.

Sent-Jeyms Park – Nyukasl-apon-Tayn

Sent-Jeyms Angliyadagi eng qadimiy va shu bilan birgalikda eng ko‘rkam arenalardan biri sanaladi. 1880-yilda bunyod etilgan arena 1982-yildagina o‘z tarixidagi ilk uchrashuvga mezbonlik qilgan. 1892-yilga qadar stadion “Nyukasl Reyjers” jamoasiga hizmat ko‘rsatgan bo‘lib, 1893-yildan boshlab “Nyukasl Yunayted” jamoasi tashkil topadi va stadion aynan “qora-oqlar” tasarufiga o‘tadi. Shu kunga qadar stadion bir necha bor qayta ta’mirdan chiqdi va ko‘plab katta voqealarga guvoh bo‘ldi. “Evro 96”, “Rolling Stounz” konserti, Angliya terma jamoasi o‘yinlari (7) va ikkinchi jahon urushidan so‘ng o‘tkazilgan ilk paradi ham aynan shu stadionda bo‘lib o‘tgan. Britaniyadagi muxlislar “Sent-Jeyms Park” stadionini Angliyaning tarixidan so‘ylovchi o‘yingoh deb “erkalashadi”. Bugungi kunga kelib ushbu stadion dunyoning istalgan arenasi bilan qulayliklar borasida bahslashishga qodir mukammal quruvchilik ishiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa uning o‘ziha hos tomi stadionning “fishkasi”ga aylanib ketgan.

Kreyven Kottej – London

Nafaqat Angliyadagi, balki butun Britaniyadagi eng go‘zal va asl holini saqlab qolgan arenalardan biri. U futbol stadionlari orasida klassik ko‘rinishi bilan yaqqol ajralib turadi. Agar, ushbu arenaning ko‘rinishiga e’tibor qaratsangiz, u quyi dviziondagi ko‘rimsiz klublardan birining uy stadioni deb o‘ylashingiz turgan gap.

Aslida esa ushbu o‘yingoh 1780-yilda  umuman boshqacha ko‘rinishda edi va uni turli sport o‘yinlari uchun foydalanish maqsadida qurib bitkazilgan edi. Afsuski, “Kreyven Kottej”ning asl ko‘rinishi 1888-yildagi yong‘in sababli yo‘qolib ketdi. Yong‘in arenanai to‘liq harobaga aylantirgan bo‘lib, quruvchilar 1906-yilda ushbu stadionni qayta bunyod etishgan. Ko‘rinishidan kamtarin bo‘lgan stadion 1948-yildagi Olimpiyadaga(!) mezbonlik qilgan bo‘lib, o‘sha musobaqadan beri stadionning fasadinin o‘zgartirmay kelmoqda. To‘g‘ri, “Fulhem” jamoasining uy stadioni mahobatli bo‘lmasligi mumkin, biroq unda klassik futbolning katta qismi mavjud. U Britaniya stadionlari orasidagi “marvarid” desak, adashmagan bo‘lamiz.

Siti Graund — Uest-Brijford

“Siti Graund”ning daryo bo‘yida qanday joylashganini ko‘rsangiz, hayron qolmaslikning iloji yo‘q. Bu arenada “Nottingem Forest” jamoasining yulduzli onlari o‘tgan. Yangli avlod “Nottingem”ning 1979,1980 yillarda ikki bor YECHLda zafar quchganidan bexabar bo‘lishi mumkin, biroq futbol tarixi bu kunlarni unutib yuborgan. O‘sha yillar uchun dunyoning eng mahobatli stadioni bo‘lgan “Siti Graund” bugungi kunda ancha safdoshlaridan ortda qolmoqda, biroq bu stadion Britaniyani hayratda qoldirgan “Nottingem Forest” klubi uchun chinakam qal’a vazifasini o‘tib bergan arena sifatida bugungi ro‘yxatimizdan joy olishga haqli. Brayn Klaff yigitlari shu qadar kuchli futbol namoyish etishdiki, klub muxlislari hali-ham ushbu o‘yingohga har hafta jamlanishda davom etishmoqda.

To‘g‘ri yillar o‘tib bormoqda, biroq “Siti Graund”ning yana katta sahnaga chiqishiga Nottingemliklarning shubhasi yo‘q. Ular hali-hamon klubni qo‘llab-quvvatlab turishda davom etishmoqda. Klub muxlislarining orzusi o‘z arenasida Chempionlar Ligasining madhiyasini tinglash.

Villa Park – Birmingem

“Arxitektura shedevri” deb nomlanuvchi “Villa Park” Britaniyaning eng qadimiy va shonli stadionlaridan biri sanaladi. “Aston Villa” klubi 1897-yilda “Perri Barr” stadionidan ketdi va aynan “Villa Park”ka ko‘chib o‘tdi. Qariyb bir asdan ortig‘ vaqt mobaynida stadion o‘z bag‘riga Birmingemlik muxlislarni qabul qilib kelmoqda. Arena “Aston Villa”ning shonli davrlari chog‘ida bir necha bor qayta ta’mirlangan bo‘lib, o‘zining havsizligi bilan nom chiqargan. Vaholanki, stadion so‘nggi bor to‘liq ta’mirdan chiqqaniga 21 yil bo‘lganiga qaramay “Villa Park” zamonaviy stadionlarda mavjud barcha qulayliklarga ega. Bundan tashqari, butun Britaniyadagi eng yaxshi chim aynan shu stadionda yetishtiriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, stadionning chimi qanday parvarish qilinish arena hodimlari tomonidan sir saqlanar ekan. Ochig‘i bu kulguli tuyulishi mumkin, biroq Angliyadagi stadionlar ham huddi klublar singari o‘zaro raqobatlashishga tushib ketganiga bir asrdan oshmoqda. “Villa Park” ham dunyoning ko‘zga ko‘ringan musobaqalarini o‘zida qabul qilgan o‘yingohlar qatoriga kiradi. Bu yerda Angliyaning g‘olibligi bilan yakunlangan mundial o‘yinlari, Yevropa chempionati, YECHL o‘yinlari o‘tkazilgan bo‘lib, stadion o‘z mezbonlarini sira uyaltirib qo‘ymagan.

Uembli – London

“Uembli” nafaqat Yevropaning eng ko‘rkam va muhtasham stadioni,  balki san’at olamining ham “durdona” asarlaridan biri sanaladi. Bu yerda afsonaviy Maykl Jekson, Quyeen, Metallica, Rolling Stones, Madonna singari qo‘shiqchilar kuylagan bo‘lsa, futbol borasida ham maqtovga loyiq uchrashuvlarga mezbonlik qilgan. 1923-yilda Angliya terma jamoasi uchun qurib bitkazilgan stadion har jabhada Yevropada mutloq yetakchi sanaladi. Unda 6 ta YECHL final uchrashuvi o‘tkazilgan bo‘lib, haqli ravishda “futbol uyi” nomini olgan. Stadion shu qadar mahobatli qurilganki, uni Londonning istalgan burchakidan turib ham tomosha qilish mumkin. “Forbes” jurnali ushbu o‘yingohni zamonaviy dunyoning yettita mo‘’jizasidan biri sifatida e’tirof etganidan xabaringiz bor.

2003-2007-yillar oralig‘ida to‘liq tamirdan chiqqan o‘yingoh bugungi kunda dunyodagi eng zamonaviy stadion sanaladi. Undagi qulayliklar borasida soatlab so‘zlash mumkin. Quruvchilar arenani shu qadar ustalik bilan qurishganki, agar yong‘in bo‘lsa, stadiondagi 75 ming muxlis 6 daqiqada stadiondan chiqib ketish imkoniga ega. Bundan tashqari stadion atrofida joylashgan do‘konlar, kinotatr, ko‘ngil ochar bog‘lar va turli kafelar uchrashuvni tomosha qilish uchun kelgan muxlislarning vaqti chog‘ o‘tkazishi uchun sharoitlar yaratilgan. Qisqacha qilib aytganda, «Enfil»da futbol olamidagi eng katta mavqeyga ega stadion va shunday bo‘lib qoladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:09, 10.03.2020.
O'qildi: 6948 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.