Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasida Qirg‘iziston va Tojikiston jamoalari ishtirok etadi

O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasida Qirg‘iziston va Tojikiston jamoalari ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Bilasiz, o‘tgan yili ilk bor O‘zbekiston Liga Kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yildan e’tiboran mazkur musobaqada qo‘shni mamlakatlar jamoalari ham qatnashishlari mumkin ekani e’lon qilinib, bu boradagi xat O‘FA tomonidan Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston futbol federasiyalariga yuborilgan edi.

Liga kubogi musobaqasining 2020 yilgi mavsumida Qirg‘iziston hamda Tojikistondan 4 tadan jamoa qatnashadigan bo‘ldi. Qirg‘izistonning yetakchi klublari – “Dordoy” (Bishkek), “Alay” (O‘sh), shuningdek, “Abdish-ata” (Kant) hamda “Kaganat” (O‘sh) klublari yangi mavsumda Liga Kubogi bahslarida qatnashishini tasdiqlab, rasmiy xat yuborishdi. Shuningdek, Tojikistonning “Ho‘jand” (Ho‘jand), “Regar-TadAZ” (Tursunzoda), “Ko‘ktosh” (Rudaki) hamda “Istaravshan” (Istaravshan) jamoalari ham O‘zbekiston Liga Kubogida ishtirok etish niyatida ekanini tasdiqladi.

Qayd etish joiz, qo‘shni respublika jamoalarining Liga kubogi bahslariga qo‘shilishi muxlislar sog‘ingan derbilarni qaytarishi mumkin. Zero qo‘shni mamlakatlar yetakchi jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvlari ham o‘zbekistonlik, ham qirg‘izistonlik, qolaversa tojikistonlik muxlislarning katta qiziqishga sabab bo‘lishi tayin. Shuningdek, xalqaro musobaqalardan chetda qolayotgan klublar uchun ham bunday uchrashuvlar katta tajriba maktabi bo‘lishi mumkin.

Liga kubogi ishtirokchi mamlakatlar hakamlari, komissarlari, inspektorlari uchun ham muhim. Ular xalqaro o‘yinlar orqali OFK musobaqalari uchun dastlabki tayyorgarlik bosqichidan o‘tish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda til muammosi deyarli ko‘zga tashlanmaydi.

Alohida urg‘u berish lozimki, mazkur musobaqada kelasi mavsumlarda Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari jamoalari ham ishtirok etishlari kutilmoqda. Bu bilan biz O‘rta Osiyo jamoalarini birlashtirib turuvchi klublar musobaqasiga ega bo‘lamiz, CAFA mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar yanada iliqlashadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:21, 10.03.2020.
O'qildi: 4295 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.