Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Mirzaxalilov qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etib, finalga chiqdi

Mirzaxalilov qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etib, finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun o‘tkazilayotgan lisenzion musobaqaning yarim final bosqichi doirasidagi kechki janglar bo‘lib o‘tmoqda.

57 kg. vaznda o‘zbekistonlik jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Serik Temirjanovga qarshi ringga ko‘tarildi.

Birinchi raundda qo‘shni yurt vakili asosan ring bo‘ylab qochdi va qarshi hujumda zarba berishga intildi. Uning bu uslubi o‘z samarasini berdi va hakamlar birinchi bo‘limdan so‘ng o‘z ovozlarini Temirjanovga berishdi.

Ikkinchi bo‘limdan boshlab Mirzaxalilov tajovuzkorlikni oshirgan bo‘lsa, Serik jismoniy jihatdan charchab qola boshladi. Natijada so‘nggi raund oldidan hisob tenglashdi.

Uchinchi raundda ham bokschimiz aniq zarbalar sonini oshirdi. Hattoki, jang tugashiga 15 soniya qolganida hakam Temirjanovni nokdaunga tushganini qayd etdi. Hakamlarning yakuniy baholari — 5:0 (29:28, 29:28, 29:28, 29:28, 29:27).

Shu tariqa, Ammandagi turnirda O‘zbekistonning ikkinchisi bokschisi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kunduzgi dasturda Elnur Abduraimov (63 kg.) yarim final jangini g‘alaba bilan yakunlagan edi.

Birozdan Bahodir Jalolov (91+ kg.) hindistonlik Kumar Satishga qarshi ringga ko‘tariladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:55, 10.03.2020.
O'qildi: 3416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик