Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Ravshan Ermatov: «Muxlislar Markaziy Osiyoning shiddatli derbilarini sog‘inib qolishgan»

Ravshan Ermatov: «Muxlislar Markaziy Osiyoning shiddatli derbilarini sog‘inib qolishgan»

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Liga Kubogining yangi mavsumida qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston jamoalari ham ishtirok etadi.

O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov musobaqada qo‘shni mamlakatlar jamoalari ishtirok etishi Liga Kubogining nufuzi va tomoshabopligini oshirishga ham xizmat qilishini aytib o‘tdi.

"O‘zbekiston Liga Kubogi bahslarida Qirg‘iziston hamda Tojikistonning yetakchi klublari qatnashishi mazkur musobaqaga bo‘lgan e’tibor va qiziqishning ham ortishiga sabab bo‘ladi. Endilikda mazkur turnir uchrashuvlarini nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni davlatlarda ham kuzatib borishadi. Qolaversa, o‘zaro qardosh bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar futbol orqali yanada mustahkamlanadi. Katta yoshdagi muxlislar Markaziy Osiyo jamoalarining derbilariga ko‘p bora guvoh bo‘lishgan. Ular mintaqamiz klublarining o‘zaro shiddatli to‘qnashuvlarini sog‘inishgani tayin. Shu boisdan ham Liga Kubogi bellashuvlariga qo‘shni mamlakatlar jamoalarini ham taklif etdik va ular bu taklifni qabul qilishganidan juda ham mamnunmiz. Endilikda muxlislar o‘z sevimli jamoalarining Tojikiston yoki Qirg‘iziston yetakchi klubiga qarshi o‘yinini kuzatish uchun qo‘shni mamlakatlarga ham borishlari mumkin bo‘ladi. Kelasi mavsumlarda mintaqamizning boshqa mamlakatlari jamoalari ham musobaqada ishtirok etishlari kutilmoqda", – deya ta’kidladi O‘FA Birinchi vise-prezidenti.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:18, 10.03.2020.
O'qildi: 5386 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.