Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

«Inter»ning barcha davrlardagi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa

«Inter»ning barcha davrlardagi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa

Baho:
+ | -

Stadion.uz Italiyaning «Inter» klubi tarixidagi eng kuchli futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.

Darvozabon

Valter Dzenga (Italiya)

Palyuka, Toldo, Sezar va Xandanovich. Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin, biroq «Inter» jamoasida Valter Dzenga nomli futbolchi bo‘lgani bois ular chetga chiqishga majbur. Qahramonimiz «Inter» safida 16 ta mavsumni o‘tkazgan bo‘lsa-da o‘zining so‘nggi mavsumida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida ikkita Yevropa chempionlar kubogi ham mavjud. Uning darvozadagi fantastik o‘yinlari sababli muxlislar «o‘rgimchakodam» laqabi qo‘yilgan bo‘lib Dzenga doimo muxlislar ishonchini oqlashga muvaffaq bo‘lgan kam sonli futbolchilardan biri edi.

Himoyachilar

Xavyer Dzanetti (Argentina)

«Inter» safida 858 ta uchrashuvda maydonga tushgan «Traktor»20 yil davomida klub sharafini munosib himoya qildi. Klub miqiyosidagi deyarli barcha musobaqada g‘olib chiqqan Dzanetti yangi avlod muxlislari uchun «Inter»ning timsoliga aylanib ulgurgan shaxs desak, adashmagan bo‘lamiz.

 

Juzeppe Bergomi (Italiya)

Italyanlar doimo kuchli himoyachilari bilan qolganlardan ajralib turgan. «Inter» safida ham barcha davrlarda kuchli himoyachilar harakat qilgan, biroq biz nafaqat «Inter», balki butun boshli futbol tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri -

Juzeppe Bergomini tanladik. Juzeppe butun karyerasini «Inter» uchun sarfladi va «ko‘k-qoralar»safida 20ta mavsumni o‘tkazdi. Ikki bor skudettoni qo‘lga kiritgan futbolchi JCHda ham g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning uch karra UEFA kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgani haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi.

 

Tarchizio Burnich (Italiya)

Barezi, Materassi singari jangchilar turganida nega aynan Tarchizio Burnichni tanlaganimiz barchada savol uyg‘otishi aniq. O‘z faoliyati davomida himoyaning barcha nuqtalarida harakat qilgan futbolchi «Yuventus»ning 12ta taklifini rad etgan yer sharidagi yagona futbolchi ekanligidan xabaringiz bormi? O‘z vaqtida Turin superklubi «qoya»ga (uning laqabi shunday edi) «Inter» berayotgan maoshdan 7 barobar ko‘proq maosh taklif qilsada o‘z maqsadiga yeta olmaganini-chi? Zamonaviy futbolchilar Tarchiziodan vafodorlikni o‘rganishlari kerak!

 

Jachinto Fakketti (Italiya)

191 sm.bo‘yga ega bo‘lishiga qaramay, chap qanotni bir o‘zi yopishga qodir futbolchi haqida eshitmagan bo‘lishingiz mumkin. Butun faoliyati davomida «Inter»da harakat qilgan Fakketti 2006-yilda olamdan o‘tgan. U futbolchilik faoliyatini yakunlagach ham klubga sodiq qoldi va jamoaning skauti sifatida faoliyat olib bordi. U futbolchilik davrida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi va klub muxlislarining yoqimtoyiga aylandi. U olamdan o‘tganida «Inter»ning 200 ming muxlisi uni so‘nggi manzilga kuzatib qo‘yish uchun ko‘chaga chiqqanini o‘zi Fakketi naqadar buyuk futbolchi bo‘lganini anglatadi.

Yarim himoyailar

Gabriele Oriali (Italiya)

 

Kambyasso ham «ko‘k-qoralar»uchun katta mehnat qilganlardan, biroq biz Oriali variyantini tanladik. Buning sababi bejiz emas. «LeGazettadellaSport» nashri bergan xabarlarga qaraganda muxlislar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Oriali 20 asrning Italiyadagi eng texnikasi kuchli futbolchisi deb e’tirof etilgan. Eng qizig‘i shundaki, tayanch yarim himoyachisi o‘z faoliyati davomida «Inter» safida birorta qizil kartochka olmagan.

 

Luis Suares (Ispaniya)

Lotar Matteus «Inter» safida 4 yil harakat qilgan bo‘lsa, Suares «ko‘k-qoralar» uchun o‘zining 9 yilini bergan. «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan futbolchi «Inter» safida deyarli barcha musobaqada g‘olib chiqdi va A seriyada uch bor chempionlikni qo‘lga kiritgan. Umuman olganda,Luis Suaresning nafaqat «Inter», balki butun boshli Ispaniyaning 20-asrdagi eng yaxshi futbolchisi sanaladi.

 

Mario Korso (Italiya)

Sneyder Mourinyo qo‘l ostida shov-shuv ko‘targani rost, biroq uning «to‘poloni» atigi uch mavsum davom etgan,xolos. Korso 16 yil davomida klub sharafini himoya qildi va 1957-1973-yilga qadar asosiy tarkibdan tushib qolgani yo‘q. 565 ta uchrashuv va 158 ta gol. Yevro-68 g‘olibi — klub safida eng ko‘p sovrin yutgan futbolchilardan biri sanaladi.

Xujumchilar

Sandro Massola (Italiya)

Buyuk futbolchining o‘zdanda buyuk futbolchi o‘g‘li. «Inter»ning eng gullagan davrlarida jamoa sharafini himoya qilgan Massola klub safida 600ga yaqin uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib uning hisobida 158ta gol mavjud. 4ta chempionlik, ikkita Chempionlar kubogi va 6ta ichki kuboklarda zafar quchgan futbolchi ham Yevro-68 g‘oliblaridan biri sanaladi.

 

Luis Nazariu Ronaldo (Braziliya)

Viyeri va Altobellidan uzur so‘ragancha,bu nuqtaga Ronaldoni joylashtiramiz. Afsuski, fonemen «Inter»da asosan jarohatini davolashbilan band bo‘ldi. Uning atigi 99 ta uchrashuvda maydonga tushishi ham shu bilan bog‘liq. Shunga qaramay, braziliyalik futbolchi klub safida 59 ta gol kiritishga ulgurib qoldi. Ronaldo futbol olamida juda kam tug‘uladigan noyob iste’dodlardan biri. Shu sababli, bu ramziy jamoada uning bo‘lishi «Inter» muxlislarini faqat va faqat xursand qiladi degan umiddamiz.

Xujumchilar

Juzeppe Meassa (Italiya)

Bejizga «Inter» o‘z uy stadionini ushbu futbolchining nomi bilan atamagan. Klub safiga 17 yoshida kelgan futbolchi atigi 40 kg tosh bosar edi. Uning qanchalar ozg‘in bo‘lganini tasavvur qilyapsizmi? Shunga qaramay, futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishni uddalay oldi. 14 ta mavsum «Inter» libosida maydonga tushgan hujumchi hisobida 247 ta gol mavjud bo‘lib, bu rekordni undan tortib oladigan hujumchi hali beri topilmasligi aniq. Meassa 20-asrdagi «Inter»ning timsoli va yuzi sifatida nom qozongan futbolchi. Uni bu ro‘yxatga kiritmaslikka hech kimning haqi yo‘q!

Murabbiy — Elenio Errera (Fransiya/Argentina)

Barcha Kattenacho nima ekanligini biladi, biroq uning asoschisi kim ekanligi bilan qiziqmaydi. Marhamat tanishing! Ushbu uslub egasi Elenio Errera janoblari. Aynan u o‘yin davomida keskin pressing qilish orqali raqibni o‘z kuchi bilan yengishni amalda tatbiq qilgan shaxs sanaladi. U o‘z davrining Gvardiolasi edi. 60-yillarda uningboshchiligidagi «Inter»ni yengishning iloji bo‘lmagan. Keyinchalik butun Italiya futboli tadbiq qilgan uslub orqali Errera butun Yevropani zabt etishga muvaffaq bo‘lgan. 3 ta skudetto va 2 ta Yevropa chempionalr kubogida ham uning hizmatlari juda katta.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:55, 10.03.2020.
O'qildi: 5430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.