Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

“Enfild”da kurash: qo‘chqorlar jangi

“Enfild”da kurash: qo‘chqorlar jangi

Baho:
+ | -

Bugun YECHL 1/8 finali doirasida “Enfild”da jang bo‘ladi. Haqiqiy jang. Bugun nafaqat bugunning kuchli klublari, balki, kuchli murabbiylari ham o‘zaro to‘qnash keladi.

O‘yin oldidan “Atletiko”ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholash mumkin. Birinchidan, Simeone shogirdlari Madriddagi jangda g‘alaba qozonishgan. Shuningdek, o‘z uylarida gol o‘tkazishmadi.

Javob o‘yinida vaziyat oddiy: agar “matraschilar” mehmonda amallab  gol ura olishsa, “Liverpul” kamida uchta gol urishiga to‘g‘ri keladi. “Atletiko”ning-ku bitta gol urishiga ishonish mumkin, agar Simeone shogirdlari bu ishni uddalashsa, “qizillar”ning uchta to‘p kiritishi ancha mushkullashadi.

Vaziyatga boshqa tomondan yondashsak. O‘yinning ssenariysi ma’lum: “Liverpul” gol urishga majbur. Demakki, Yurgen Klopp o‘sha “uch mushketyor”ni jangga tashlaydi. Diyego Simeone esa o‘zi xush ko‘radigan va hadisini olgan “himoyadan hujumga” taktikasida harakat qiladi. Simeone Mourinyo emas himoyani qoyillatib, hujumning epini qilolmaydigan. U ham himoyani, ham hujumkorlikni eplay oladigan mutaxassis. “Atletiko”ning La Ligadagi holatiga e’tibor bermang. “Atletiko”  shunday jamoaki, La Ligada chempionlik uchun kurasha olmay qolgan bir paytda YECHL finaliga qadar yetib boradi. Chunki Simeone zaxirasidagi kuch har ikkala turnirda birdek ishtirok etish imkonini bermaydi. O‘z o‘rnida argentinalik mutaxassis La Ligada chempion bo‘lish ishqida-ku yonyapti, ammo bu YECHLga bo‘lgan muhabbat oldida biroz haroratsizroq. Har holda, joriy mavsumda. Sababi, Simeone “Atletiko” bu mavsumda La Ligada chempion bo‘la olmasligini tushunib turibdi, shu bois bor e’tiborini YECHLga, ayni damda “Liverpul”ga qaratgan.

Agar “Atletiko”ning o‘rnida boshqa jamoa, hatto “Manchester Siti” yoki “Barselona” bo‘lganida ham “Liverpul”ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yaxshiroq baholash mumkin edi. Lekin “Atletiko” boshqa masala.

Bugun “Enfild”da hujumning hadisini olgan va himoyaviy falsafani mukammal yaratishga intilayotgan murabbiylar to‘qnashadi. Tarkiblarga qaramaymiz, natijalarga qaramaymiz, klublarning bugungi holatiga ham qaramaymiz. Eng muhim jihat shu — Klopp va Simeone. Bunday murabbiylar o‘rtasidagi har qanday o‘yin futbolning bezagi bo‘ladi, ayniqsa, u hal qiluvchi o‘yin bo‘lsa.

Xullas, bugun tungi birda haqiqiy jang boshlanadi. Uxlash yo‘q, o‘yin bunga arziydi ham.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:33, 11.03.2020.
O'qildi: 4440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.