Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

YECHLdagi omadli debyutlar: «Oser»dan «Atalanta»gacha

YECHLdagi omadli debyutlar: «Oser»dan «Atalanta»gacha

Baho:
+ | -

Stadion.uz Yevropa Chempionlar ligasida eng omadli debyut qilgan klublar va ularning musobaqada bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishtirib o‘tadi.

«Oser». 1996/97 – pley-off

Qanday chiqib kelishgan? Fransuz klubi o‘zining barcha erishga yutuqlari uchun faqat birgina insonga – Gi Rudan minnatdor bo‘lishi lozim. 50-yillarda aynan «Oser»da to‘p surgan futbolchi 1961-yilda klub murabbiyiga aylanadi va klubda naqd 40 yil ishlashiga to‘g‘ri keladi. Shu yillar oralig‘ida klub Burgundiyachempionatidan Liga 1 g‘olibligigacha yetib kelishdi. Ayniqsa, 1995/96-yilgi mavsumda klub chempionlik uchun kurashda PSJ va «Monako»ni ortda qoldirib chempionlikni qo‘lga kiritadi.

YECHLda qanday ishtirok etishgan? «Oser» o‘zining birinchi katta musobaqasida o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. O‘zi ishtirok etgan guruhda («Ayaks», «Reynjers» va «Grassxopper») birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olgan debyutantlarni o‘sha yili chempionlikni qo‘lga kiritgan «Borussiya Dortmund» to‘xtatib qoladi. Ikkita uchrashuvda ham (1:3, 0:1) g‘olib chiqqan nemislar g‘alabali yurishlarini davom ettirishgan bo‘lsa, «Oser» o‘zi uchun eng yaxshi tarixiy natijani qayd etadi.

Jamoada kimlar bor edi? Lionel SharbonnYE, Bernar Diomed(1998-yilgi JCH g‘oliblari) Taribo Uest, Sabri Lyamushi va Stiv Marle.

«Bayer». 1997-98 – pley-off

Qanday chiqib kelishgan? Kristof Daum boshchiligidagi «dorixonachilar» avvaliga 14-o‘rindan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ladi. Jamoa qanchalar kuchli bo‘lmasin, «Bavariya» chempionlikni qo‘lga kiritadi. Shunday bo‘lsada, o‘sha yili UEFA ichki birinchilikda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar uchun o‘tish o‘yinlarini uyushtiradi va bu imkoniyatdan «Bayer» unumli foydalanadi.

Qanday ishtirok etishgan? Musobaqada ishtirok etish uchun Tbilisining «Dinamo» klubini (6:2) osonlik bilan mag‘lub etadi hamda «Monako», «Sporting» va «Lers» singari klublar bilan kvartet hosil qiladi. «Bayer» guruhda 13 ochko bilan keyingi bosqichga chiqishni uddalgan, biroq ularni pley-offda «Real Madrid» kutib turgan edi. Kutilganidek, «qirollik klubi» nemislarni osonlik bilan yo‘ldan olib tashlaydi, biroq «Bayer»ning debyutini Germaniyada ijobiy qabul qilishgan.

Jamoada kimlar bor edi? Robert Kovach, Niko Kovach, Yens Novotni, Karsten Ramelov, Kristian Verns, Emerson (2002-yildagi JCH g‘olibi), Kirsten Ulf. 

«Vilyarreal». 2005/06 – yarim final

Qanday chiqib kelishgan? Manuyel Pellegrini 2004-yilda Yevropada ishlash uchun tashrif buyuradi va birinchi urunishdayoq «Vilyarreal»ni Ispaniyaning 3-jamoasiga aylantiradi.

Qanday ishtirok etgan? Saralashda «Everton»ni ikki uchrashuvda ham (2:1) bir natija bilan mag‘lub etgan «sariq suv osti kemasi» kuchli guruhdan joy oladi. «Benfika», «Lill» va «Manchester Yunayted» jamoalari bilan to‘qnash kelgan ispanlar guruhda «qizil iblislar»ni so‘nggi o‘rinda qoldirib keyingi bosqichga yo‘l olishadi. Uyog‘iga esa, «sariqlar»ni mehmonda kiritilgan gollar yarim finalga qadar boshlaydi. Avvaliga «Reynjers» bilan (2:2, 1:1) o‘yinda omadli chiqqan klub, keyinchalik «Inter»ni (1:0, 1:2) musobaqadan chiqarib yuboradi. Yarim finaldagi «Arsenal»ga qarshi uchrashuvlar taqdirini Kola Turening yagona goli hal etadi.

Jamoada kimlar bor edi? Rodolfo Arruabarrena, Xuan Roman Rikelme, Diyego Forlan, Xuan Pablo Sorin, Alessio Takkinardi, Markos Senna, Santi Kasorla.

«Malaga». 2012/13 – pley-off

Qanday chiqib kelishgan? 21-asrning ilk o‘n yilligi chog‘ida «Malaga» klubi birdaniga boyib ketdi. Quvonarlisi shundaki, klub bu pullarni havoga uchirgani yo‘q va o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani (4-o‘rin) qayd etdi.

Qanday ishtirok etishgan? Pellegrini qo‘l ostidagi klub o‘tish o‘yinida «Panatinaikos»ni katta qiyinchilik bilan mag‘lub etadi va «Milan», «Anderlext», «Zenit» klublari bilan bir guruhdan joy oladi. O‘rtacha guruhdan chiqishni uddalagan «Malaga» pley-offda Portugaliyaning«Portu»sini dog‘da qoldirishni ham uddalaydi.

1/8 bosqichida «Portu»ni dog‘da qoldirgan ispanlar «Borussiya Dortmund» to‘sig‘idan o‘ta olmaydi. Tan olish lozim, «Signal Iduna Park»dagi o‘yin muxlislar uchun daxshatli his-hayajon taqdim etgani bilan yodimizda qolgan.

Jamoada kimlar bor edi? Villi Kabalyero, Xesus Games, Diyego Lugano, Martin Demichelis, Jeremi Tulalan, Duda, Elizeu, Isko, Xoakin, Xavyer Saviola, Julio Baptista, Roke Santa Krus.

«Lester». 2016/17 – pley-off

«Tulkilar tomoshasi»dan so‘ng YECHLni ham zabt etishga kirishgan «Lester» qaysidir ma’noda bu ishni ham uddasidan chiqa olgan. O‘zining ilk musobaqasida ancha oson guruhdan («Portu», «Kopengagen», «Bryugge») o‘rin olgan klub muddatidan avval birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Pley-offda inglizlar uchun noqulay raqib sanalmish «Sevilya» bilan to‘qnash kelgan jamoa mehmonda 2:1 natijasi bilan mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, uyda 2:0 hisobida g‘olib chiqadi va o‘z uchun yangi tarix yaratadi.

Jamoada kimlar bor edi? Kasper Shmeyxel, Ues Morgan, Robert Xut, Kristian Fuks, Denni Drinkuoter, Riyod Mahrez, Jeymi Vardi, Islam Slimani, Ahmed Musa.

«Atalanta». 2019/2020

YECHL musobaqasini juda yomon boshlagan jamoa so‘nggi turlardagina o‘ziga kelib oldi va vaziyatdan chiqib ketishni uddaladi. 1/8 bosqichda «Valensiya» darvozasini 8 bor ishg‘ol qilgan Gasperini shogirdlari bugungi kunda optimal formaga kirib olishgani rost. Xo‘sh, «Atalanta» ham o‘zining YECHLdagi ilk mavsumida «Vilyarreal»ning natijasini qayta oladimi? Javoblaringizni yozib qoldiring!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:48, 12.03.2020.
O'qildi: 5794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.