“Lester Siti” chap qanot himoyachisi Rikardu Pereyraning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Brendan Rodjers ma’lum qildi.
“Afsuski, Rikardu tizzasini qayrib oldi. U mavsum oxirigacha maydonga tusholmaydi. Bu biz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, sababi u ajoyib futbolchi”, - deydi Rojers.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi APLning 29-turida “Aston Villa”ga qarshi bahsda jarohat olgan.