«Manchester Siti» himoyachisi Benjamen Mendi oila a’zolarida koronavirus belgilari topilgani bois futbolchi izolyasiyaga olindi.
Ma’lumotlarga qaraganda, fransiyalik o‘yinchi ehtiyotsizlik yuzasidan jamoa safiga qo‘shilmaydi. Mendining kasal bo‘lgan qarindoshi sog‘aymaguncha u klub bazasiga tashrif buyurmaydi.
Manchester Evenings News tarqatgan xabarga ko‘ra, Mendining o‘zi ham koronavirusga tahlil topshirgan va uning natijasini kutmoqda.













