UYEFA vakili Evelina Kristillinning xabar berishicha, ayni damda Yevro-2020 musobaqasini koronavirus tufayli keyinga qoldirish masalasi ko‘rilmoqda.
"UYEFA Yevro-2020 muddatini ko‘chirish ustida ishlamoqda", – dedi Kristillin.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 12 iyundan 12 iyulgacha o‘tkazish rejalashtirilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqa 2021 yilda o‘tkazilishi mumkin.