Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Xomyakov: “Ariza yozaman...”

Xomyakov: “Ariza yozaman...”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

– Asabiy o‘yin bo‘ldi. Bosimni his qilib turdik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Vaziyatlarni yakunlay olmadik. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Muxlislarga katta rahmat. Rahbariyatni yaxshi tushunib turibman, ular ham g‘alaba qozonishimizni xohlashgan edi. Bugungi o‘yinda uzun paslarga e’tibor qaratgandik, ammo ular samarasiz chiqdi. Klubdagi holatni yaxshi tushunib turibman. Rahbariyat bilan ko‘rishib gaplashib olamiz. Uchta o‘yin birorta g‘alaba yo‘q...  Ariza yozaman, va jamoani tark etaman.

Mavsum avvalida bir nechta jamoalardan taklfilar bo‘lgan edi, biroq klub uchun ularni rad etganman.

Bugun natija muhim edi. Biz birinchi turda ham yomon o‘ynamadik, lekin chiroyli o‘yinga ochko berilmaydi.

O‘yin natijasiga murabbiy javobgar bo‘ladi. Agar, jamoa g‘alaba qozona olmasa, demak murabbiy yo‘q degani”, - deydi Xomyakov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:32, 15.03.2020.
O'qildi: 6090 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик