Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Andrey Fyodorov: «Legionerlar jamoaga unchalik moslasha olishmadi»

Andrey Fyodorov: «Legionerlar jamoaga unchalik moslasha olishmadi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 3-turida «Buxoro» mag‘lub etilganidan keyin «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Ilk navbatda yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar nafaqat natija, balki o‘yin bobida ham yuqori sifat qayd eta olishdi. Bu endi 3-tur. Ilk turda «Andijon»ga qarshi o‘yindan keyin ham aytib o‘tganimdek, kollektivimiz yangi va ular hali jipslashib olganicha yo‘q. Hozircha ular biz kutganimizdek o‘ynay olishmayapti. Biroq ular o‘yin davomida faqatgina kurashib, to‘p uchun talashmasdan, o‘yinga bo‘lgan chanqoqlikni ko‘rsata olishmoqda. «Buxoro» uzun paslardan voz kechib, kichik paslar orqali o‘yin ko‘rsatishni boshlagan paytda biz ham ortda o‘ynashga majbur bo‘ldik. O‘shanda to‘p uchun kurashishga qiynaldik. Raqiblar tarkibida boshi bilan yaxshi zarba bera oladigan futbolchilar borligi uchun iloji boricha to‘pni xavoga ko‘tarmadik. Raqiblar yaratgan bir necha xavfli vaziyatlarni yo‘qqa chiqardik. Gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandman.

— Raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
— «Buxoro» ham yomon jamoa emas. Ularning tarkibida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi. To‘g‘ri, natijalar borasida unchalik holat yaxshi emas. Ayta olamanki, ushbu jamoaning tarkibini yuqori sifatli futbolchilar tashkil etadi.

— Temurxo‘ja Abduxoliqov agar yana bir gol urganida faoliyatidagi gollari soni 100taga yetib, Gennadiy Krasniykiy klubiga a’zo bo‘lishini bilganmidingiz?
— To‘g‘risini aytsam, bilmagandim. U bugunning o‘zida uchta gol urib, ushbu klubga a’zo bo‘lishi mumkin edi.

— Keyingi o‘yinda jamoa unga bu borada yordam beradimi?
— Faqat unga o‘ynashmi? Balki bundan buyog‘iga u zaxirada qolar, qayerdan bilasiz? Balki uning 100-golini urishiga to‘sqinlik qilarman (kuladi).

— Yangi legionerlar jamoaga qanchalik darajada moslashib ketdi?
— Hozircha ular jamoaga unchalik darajada moslasha olishmadi. Legionerlar jamoaga, chempionatga, mamlakatga moslashishda davom etishmoqda. Umid qilamanki, bu jarayon kutganimdan tezroq o‘tib ketadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:30, 15.03.2020.
O'qildi: 2350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.