Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

RPL. «Rostov» «Lokomotiv»ga yutqazdi, Shomurodov to‘liq o‘ynadi

RPL. «Rostov» «Lokomotiv»ga yutqazdi, Shomurodov to‘liq o‘ynadi

Baho:
+1 | -

Rossiya chempionatining 22-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Rostov» o‘z uyida «Lokomotiv»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov 16-daqiqada gol urish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Yeryomenkoning uzatmasidan keyin hamyurtimiz darvoza chizig‘i oldidan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. "Temiryo‘lchilar" posboni Gilyerme to‘pni qaytardi. Oradan 5 daqiqa o‘tib "Loko" darvozaboni Eldorning 17 metrdan yo‘llagan zarbasini bartaraf etdi.

Moskvaliklar kutilmaganda hisobni ochishdi. Krixovyak 30 metrlardan allambalo trayektoriya bilan zarba yo‘lladi. To‘p esa to‘singa tegib qaytdiyu, darvozabonning boshiga tegib, to‘rga borib tushdi.

"Lokomotiv" hisobni ochib olgach, "Rostov" ishtiyoq bilan oldinga tashlandi, ammo keyingi mezbonlar keyingi 8 daqiqa ichida qarshi hujumda yana 2ta gol o‘tkazib yuborishdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hakam moskvaliklar darvoza tomon penalti belgiladi. Popov hisobda farqni bittaga qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda "Loko" ishonchli himoyalanib, g‘alabani ushlab qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Lokomotiv" 41 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, "Rostov" 4-o‘ringa tushib qoldi.

Rossiya premyer-ligasi, 22-tur
Rostov – Lokomotiv 1:3 (0:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 34, avtogol Pesyakov, 0:2 – 38 Jemaletdinov, 0:3 – 42 Krixovyak, 1:3 – 64, penalti Popov.
Rostov – Pesyakov, Xadjikadunich, Kozlov, Osipenko, Chernov, Bayramyan (Saplinov, 86), Normann, Zaynutdinov (Dolgov, 87), Yeremenko, Popov, Shomurodov.
Lokomotiv – Gilyerme, Ignatyev, Kverkveliya, Xevedes, Ribus, Miranchuk, Krixovyak, Joau Mariu (Magkeev, 73), Barinov, Jemaletdinov (Idovu, 82), Eder.
Ogohlantirishlar: Xajikadunich (54), Normann (86), Barinov (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:17, 15.03.2020.
O'qildi: 3793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик