Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Xayrulla Hamidov maqolasi: Ikki Alyans egalari

Xayrulla Hamidov maqolasi: Ikki Alyans egalari

Baho:
+1 | -

Bugun 16 mart. Mashhur futbolchilardan, murabbiylardan yo klublardan hikoyam yo‘q. Balki to‘rt yil oldin shu sanada o‘tkazilgan supero‘yin haqida eslamoqchiman. Chempionlar Ligasi o‘yinlari tanaffusga chiqqan payti bu ayni muddao.

2015/16 yilgi mavsum finalga Madridning ikki klubi chiqqan va birinchi jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Qizig‘i, o‘sha mavsumning eng qiziqarli juftligida na “Real”, na “Atletiko” bor edi. Finalgacha bora olmagan Myunxen va Turin klublari o‘rtasidagi bahs bo‘lgan. “Alyans” o‘yingohlariga ega bo‘lgan va futbolchilarni bir-biriga almashtirishga odatlangan jamoalar juftligi o‘sha mavsumning yodda qolarli lahzalarini taqdim etib bergandi bizga.

O‘zi, ko‘pchilikka ma’lumki, YECHLning nimchorak finalida bitta juftlik baribir super bo‘ladi. Bu yilgi “ManSiti”-“Real”, o‘tgan yilgi “Liverpul” – “Bavariya” juftligi kabi. “Yuventus” hamda “Bavariya” o‘rtasidagi ikki ajoyib o‘yin.

Birinchi uchrashuv Turinda o‘tgan va unda mezbonlar kambek qilishgandi. Myuller va Robben kiritgan ikki golga tanaffusdan so‘ng Dibala va Sturaro javob bergandi. 2:2 bilan Myunxenga yo‘l olayotgan klublar javob o‘yinida ularni nimalar kutayotganini bilishmasdi. Uh, yodimizda!

Ssenariyning takrorlanishini qarang: O‘sha payti Turinni gullatgan Pogba hisobni ochgan, davomidan Kuadrodo mehmonlarni ikki to‘p farqi bilan oldinga olib chiqqani yodimizda. Birinchi bo‘lim 0:2. “Bavariya” kamida o‘tgan o‘yinda “Yuventus” amalga oshirgan ishni takrorlashi, qo‘lidan kelsa, ko‘proq gol yo‘llashi zarur edi.

Gvardiola tanaffusda yigitlarga nimalar degan bilmaymizu, nemislar butunlay o‘zgarib chiqishdi. Biroq, dastlabki javob golini kutish uchun ko‘p vaqt ketdi. 73-daqiqa, hamisha navqiron Levandovski najot eshigini taqillatishga tushdi. Hakam o‘yin tugashi haqidagi hushtagini chalish arafasida Tomas Myuller jamoasi joniga oro kirdi. 2:2.

Overtaym. Ruhan ustun bo‘lib olgan mezbonlar buyog‘iga raqibni yanchib tashlashdi. Tyago Alkantara uchinchi golni yo‘llagan bo‘lsa, 110-daqiqada Kingsli Koman o‘yinga nuqta qo‘ygan.
Qizig‘i, barcha gollarda eng faol o‘yinchi Duglas Kosta ishtirok etgan. Bugungi kunda “Yuventus” libosida o‘ynayotgan iqtidor egasi...

4:2, umumiy natija 6:4. “Bavariya” yo‘lida davom etadi. Ammo o‘sha quvonchli lahzalarda hech kim bu superbellashuvni taqdim etgan jamoalar “San siro”dagi final oqshomiga yetib borolmasliklarini bilmasdi. Nachora, ba’zan shunday bo‘lib qoladi: aro yo‘lda shou ko‘rsatgan qahramonlar metroning keyingi bekatida tushib qolishadi.

Xayrulla Hamidov

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:17, 16.03.2020.
O'qildi: 6840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.