Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Peres Benzemani Fergyusondan qanday tortib olganini bilasizmi?

Peres Benzemani Fergyusondan qanday tortib olganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Benzemani qo‘lga kiritish uchun bo‘lgan kurashni yodga oladi!

Karim Benzemani “Real Madrid”ga o‘tishga ko‘ndirish uchun klub prezidenti Florentina Peresning shaxsan o‘zi Bron kvartaliga tashrif buyurdi.

Bu Lion shaxrining janubiy qismida joylashgan tuman bo‘lib, asosan Fransiyaga ko‘chib kelgan afrikaliklar istiqomat qiladi. Peresni kulib turgan yuzli insonlar qarshi olishadi. Benzemaning kelajagi borasidagi muhim suhbat futbolchi katta bo‘lgan Bron shahridagi uyda bo‘lib o‘tadi. Benzema istiqomat qilgan uy ro‘pasida “Terrayon” klubi stadioni (Karimning yoshligi aynan shu jamoada o‘tgan) joylashgan bo‘lib, u Benzema futbol saboqlarini olgan dargoh sanaladi. Aynan shu klub akademiyasi sababli dunyo Karim Benzema singari futbolchiga ega bo‘ldi.

Fransuzning uyi nimasi bilan qiziq?

Bu honadonda o‘ziga jalb qilib turuvchi hech narsa mavjud emas, biroq bu uy joylashgan kvartalda faqat millionlar o‘yining ishqibozlari istiqmat qilishadi. Bu kvartal doimo shovqin-suronga boy, yigitlari qiziqqon, qizlari ham futbol o‘yinlariga tashrif buyurishi bilan qolgan kvartallardan farqqiladi. Aslida Benzema katta daromadga ega bo‘lishi bilanoq ota-onasi uchun yangi uy (Karim ota-onasi uchun xarid qilgan uyni qasrga qiyoslash mumkin) olib bergan bo‘lsa-da, futbolchining dadasi asosiy vaqtini Bronda o‘tkazishni xush ko‘radi. Uning aytishicha, farzandlari katta bo‘lgan uy doimo uni o‘ziga jalb etib turadi. Bundan tashqari, Benzemalarning “kattasi” o‘tmishning shirin xotiralari uchun ham har safar yana Bronga qaytib kelar ekan.

Peres va Benzema uchrashuvi qanday o‘tgan?

2009-yilda “Real Madrid” va “Lion” jamoalari prezidentlari Florentina Peres va Jan-Mishel Ola Benzemalar oilasidamehmon bo‘lishadi. Avvallari Peres bir nechta katta transferlarni amalga oshirgan bo‘lsada, birorta futbolchi bilan shaxsan o‘zi suhbatlashmagan edi. Bu safar “qaymoqranglilar” rahbari shaxsan o‘zi ishga kirishgani tahsinga sazovor. Shu o‘rinda Peresning tashrifi ham bejiz emas edi. Sababi, u Bronga kelguniga qadar, fransiyalik yosh hujumchi Aleks Fergyusonjamoasiga o‘tmoqchi va tez orada Angliyaga ko‘chib ketishni rejalashtirayotgan edi. Iqtidorli, yosh, jismonan baquvvat hujumchini qo‘ldan chiqarish xavfi paydo bo‘lgach, vaziyatni o‘nglash uchun tashrif buyurgan tajribali Peres o‘z maqsadiga yetishda barcha ishga tayyor edi. Hatto Bekhemning uyida mehmon bo‘lmagan bo‘lsada, Bronga tashrib buyurgani so‘zimizga isbot bo‘la oladigan fakt! Kezi kelganda Peresning so‘zamollik qobiliyatini ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Aynan uning ta’sirli so‘zlari yosh va tajribasiz Benzemani shu qadar ruhlantirdiki, xatto u “qizil iblislar”ga qanday qilib rad javobini berganini ham tushunmay qoldi. Peres o‘sha kuni Karim va uning oilasini “Real Madrid” jamoasining boy tarixi bilan uzoq tanishtirdi. Jamoada harakat qilgan yulduzlar haqida, ularning erishgan yutuqlari haqida to‘lqinlanib so‘zladi. Barchasi shunday samimiy va shunday ishonarli chiqdiki, suhbat so‘ngida Peres Benzema bilan shartnoma imzoladi. “Lion” prezidenti esa 36 million yevrolik bo‘lib oldi.

Aslida barchasi nimadan boshlangan?

Karimning o‘qituvchi va ustozlarining aytishicha, qahramonimiz 13-14 yoshida iqtidorli bo‘lmagan bo‘lsada, doimo mehnatkashligi bilan alohida ajralib turgan. Futbolchining otasi Karimni hamisha soat tonggi 5 da uyg‘otar edi. Sababi, agar Karim erta turmasa, kollejiga olib boruvchi avtobusga ulgurmay qolishi aniq edi. Futbolchining nafaqat maydonda, balki hayotda erishgan barcha yutuqlari ortida uning ota-onasi va oila a’zolarining ta’siri mavjud. Aynan ular sababli Karim sinovlarda yengilmaydigan chinakam jangchi bo‘lib tarbiyalangan. U o‘zi bilan katta futbolga qadam qo‘ygan yulduzlar singari intervyular orqali mashhur bo‘lishga intilmadi. O‘zini hech kimga qiyoslamadi va doimo futbolning tashqarisida emas, uning ichida bo‘lishga intildi. Undan yaxshiroq start olgan hujumchilardan farqli o‘laroq, manzilga, ya’ni finishga u birinchi bo‘lib yetib keldi. Bir necha yillar davomida o‘z o‘yin uslubini yaxshilab borgan hujumchi, yakunda dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri sifatda tan olindi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:43, 17.03.2020.
O'qildi: 9178 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.