Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.

“Chelsi” darvozabon izlashda davom etmoqda

 

Londonning “Chelsi” jamoasi yozda darvozabon sotib olishni rejalashtirayotganidan xabaringiz bor. Kepa Arrisabalaga bilan Frenk Lempard o‘rtasidagi kelishmovchilik sababli “aristokrat”lar yangi mavsumni yangi darvozabon bilan boshlashlari aniq bo‘lib ulgurdi. “The Sun” nashri bergan xabarlarga qaragada, jamoa shu kunlarda “Udineze” klubi posboni Xuan Musso variyantini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, London klubi darvozabon uchun 15 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Musso uchun “Milan” va “Inter” klublari ham kurash olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Xuan 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 9 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

“Inter” Lautaroning o‘rniga kimni oladi?

 

“Milan”ning “Inter” jamoasi yozda klubni tark etishi kutilayotgan Lautaro Martinesning o‘rnini “Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsiyal bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqida bir nechta Italiya nashrlari ma’lumot tarqatgan. Avvalroq fransiyalik futbolchining o‘zi klub YECHLda ishtirok etmasa, uni tark etishi haqida bayonot bergan edi. Ayni damda hujumchini qo‘lga kiritishni istagan klub kamida 60 million yevrodan voz kechishi talab etiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Inter” bu summani 45 million yevroga kamaytirish uchun o‘z futbolchilaridan birini transferga qo‘shishni rejalashtirmoqda.

RPL hujumchisi APLga o‘tadimi?

 

Moskvaning SSKA klubi hujumchisi Fyodor Chalov yozda baribir Angliyaga yo‘l oladigan ko‘rinadi. “TheSun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, rossiyalik futbolchining hizmatlari bilan Angliyaning bir yo‘la uchta jamoasi qiziqish bildirgan. Unga ko‘ra, “Kristal Pelas”, “Vest Hem” va “Brayton” klublari Chalovni o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, bu kurashda “Kristal Pelas”ning imkoniyatlari yaxshiroq. Sababi, hujumchi bilan klub bosh murabbiyi Roy Xojsonning shaxsan o‘zi qiziqib qolgan bo‘lib, tajribali murabbiyi jamoaning hujum chizig‘ini butkul yangilashni rejalashtirmoqda.

Rossiya klubi hujumchisni 25 million yevro evaziga qo‘yib yubormoqchi. Bundan kamiga “armiyachilar” rozi bo‘lishmasligi aniq.

Alaba ikki grand nishonida

 

Myunhenning “Bavariya” klubi unversal futbolchisi – David Alaba bir yo‘la ikki grand nishonida turibdi. Taniqli “Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi bilan Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, futbolchining o‘zi tezroq jamoani tark etish fikridan qaytmagan va katta ehtimol bilan tez orada o‘zini transferga qo‘yishlarini talab qiladi.

“Bavariya” va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvni amalga oshirishgani yo‘q. Myunhen klubi Alfonso Devis tez orada Alabaning o‘rnini to‘liq bosishini tahmin qilgani bois, avstryalik futbolchini yozda sotib yuborishga qarshi emas.

“Napoli” Azmunni qo‘lga kiritmoqchi

 

Italiyaning “Napoli” klubi yozda Sardor Azmunni qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi. Bu haqida “CorrieraDellaSport” nashri ma’lum qilgan.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Italiya klubi koronavirus muammosi bartaraf etilishi bilan Azmunning transferi borasidagi ishlarni boshlab yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, eronlik futbolchining bugungi kundagi transfer narxi 18 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:09, 19.03.2020.
O'qildi: 9265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.