Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mutaxassislar futbolchilarning jismoniy holati pasayib ketishdan xavotirda

Mutaxassislar futbolchilarning jismoniy holati pasayib ketishdan xavotirda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha Yevropaning yetakchi mutaxassislari koronavirus tufayli to‘xtab qolgan milliy chempionatlar qayta boshlanganida futbolchilar jismoniy jihatdan jiddiy muammolarga duch kelishidan xavotirda.

«Jismoniy tayyorgarlik darajasi ancha pasayadi. Bu esa jiddiy muammo. Katta tanaffusdan keyin sportchilar a’lo darajadagi formada bo‘ladi, deb o‘ylash — shunchaki utopiya. Har bir professional aniq bir sana, aniq mucoabaqa yoki katta o‘yinga tayyorlanish ulkan motivasiya ekanini biladi. Ammo hozir hech narsa aniq emas», — dedi Ispaniya terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sobiq murabbiyi Xesus Paredes.

O‘z vaqtida "Real" va "Uotford"da ishlagan Alberto Xiraldes yuqoridagi hamkasbining fikriga qo‘shiladi.

«Barcha klublar har bir o‘yinchining jismoniy holati pasayib borayotganini ko‘radi. Ba’zi klublar boshqalarga nisbatan qiyin vaziyatdan yaxshiroq chiqib ketishadi. Bunda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylarning ishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Karantinda bo‘lish barcha ta’sir ko‘rsatadi. Barcha o‘yinchilar doimiy mashg‘ulot darajasini ushlab turishi juda muhim. Professional sportchining gavdasi optimal darajadagi yuklamani ko‘tarishi kerak. Aks holda avvalgi mehnatlar orqali erishilgan natijalarni osongina boy berish mumkin».

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:43, 19.03.2020.
O'qildi: 2051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.