Kirish Ro'yxatdan o'tish

VIDEO. Yaxshiboyevning gollari jamoasiga BATE ustidan g‘alaba keltirdi

VIDEO. Yaxshiboyevning gollari jamoasiga BATE ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Bugun Belarus chempiponatining yangi mavsumiga start berildi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Yaxshiboyev uchun «Energetik-BGU» klubi safida rasmiy o‘yindagi debyuti ancha omadli chiqdi.

Hamyurtimiz BATEga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo‘limning o‘zida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jasur bahsning 27-daqiqasida hisobni ochdi. U raqib jarima maydoniga yorib kirdi, bitta fint bilan bir himoyachini, ikkinchi urinishda ikkinchisini aldadi va uchinchi urinishdi darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 7 daqiqa o‘tib Yaxshiboyevning o‘zi hisobdagi farqni 2taga oshirdi. Hujumdagi sherigi Atameng yetkazgan uzatmani vatandoshimiz raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. 

O‘yinning 66-daqiqada BATE hujumchisi Skavish hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 90-daqiqada Bakich farqni yana ikkitaga oshirdi – 3:1.

Uchrashuvning 84-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev o‘ringa zaxiradan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov o‘yinda maydonga tushdi.

Shu tariqa, «Energetik-BGU» birinchi turda Yaxshiboyevning dubli evaziga nomdor BATEni mag‘lub etishga erishdi. GOLLARNI KO‘RISH


Belarus chempionati, 1-tur
Energetik-BGU – BATE 3:1
Gollar: 1:0 – 26 Jasur Yaxshiboyev, 2:0 – 34 Jasur Yaxshiboyev, 2:1 – 66 Skavish, 3:1 – 90 Bakich.
Energetik-BGU – Lesko, Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev (SH.Umarov, 84), Girs, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Bakich 74).
BATE – Chichkan, Filipenko, Nastich, Volkov, Bessmertniy, Nexaychik, Stasevich, Baga, Dragun, Berezkin, Skavish.
Ogohlantirishlar: Atemeng (19), Dragun (33), Musaxanyan (36).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:04, 19.03.2020.
O'qildi: 6985 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.