Sports.ru nashri kuchli beshlik va RPL murabbiylari orasidagi eng ko‘p ogohlantirilganlari va bu borada qattiq qo‘l hakamlar bilan tanishtirib o‘tadi.
Eng qoidabuzar murabbiylar qayerda?
Kartochkalar masalasida “Kuchli beshlik” murabbiylari “A seriya” ustozlaridan sezilarli farq bilan “ortda qolmoqda”. Mavsumning 3/2 qismi ortda qolganiga qaramay, qiziqqon italiyan murabbiylari allaqachon 47 bor ogohlantirish olishdi. Shuningdek, ular xisobida 2 ta sariqdan so‘ng beriladigan qizil kartocha va yana shuncha to‘g‘ridan-to‘gri berilgan qizil kartochka mavjud. Quvonarlisi shundaki, eng shiddatli liga bo‘lishiga qaramay, APL jamoalari ustozlari ancha o‘zlarini bosib olishgan. Ular hisobida mavsum davomida atigi 6 ta sariq va bitta qizil kartochka bor.
Eng ko‘p kartochka olgan murabbiylar
Eng qizig‘i shundaki, VAR paydo bo‘lgach ham murabbiylarning hakamlarga bo‘lgan e’tirozi kamaygani yo‘q. Misol uchun APLdagi yagona qizil kartochka egasi Karlo Anchelotti “Manchester Yunayted” ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, hakamlarga bildirgan e’tirozi sababli qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan edi. E’tiborlisi shundaki, bugungi ro‘yxat peshqadami Valter Madsarri “Torino” jamoasi tomonidan fevral oyida iste’foga chiqarilgan. Italiyalik murabbiy bu mavsumdagi faoliyati davomida 5 bor qizil kartochka olishga muvaffaq bo‘ldi. Olingan 5-kartochka esa avtomatik ravishda qizilga aylangan va murabbiy bir uchrashuvga chetlatilgan. To‘g‘ri keyinchalik, murabbiy o‘z kartochkalari borasida apellyasiyaga berdi va “A Seriya” rahbarlari uning kartochkalaridan birini bekor qildi. Shunga qaramay, qahramonimiz sentyabr oyida ikkita sariq kartochka olgach maydonni tark etishga ulgurgani “tahsinga sazovor”
Murabbiylarni eng ko‘p ogohlantirgan hakamlar
Ajablanarlisi shundaki, murabbiylarga kartochka ko‘rsatish borasida “tengsiz” sanalgan Fabri aslida juda yumshoq hakamlardan biri sanaladi. “A Seriya” o‘yinlarida eng kam hushtak chaluvchi (har bir o‘yinda o‘rtacha 27,73) referi murabbiylar bilan sira chiqisha olmaydi. Jadvalning birinchi o‘rnida turgan hakam borasida bunday deb bo‘lmaydi. Fransuz o‘zi ishlagan so‘nggi 14 ta uchrashuvda cho‘ntagidan naqd 8 bor qizil kartochka olgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.
Rossiyada bu ko‘rsatgich borasida Vladislav Bezborodov yaqqol peshqadam. U o‘zi ishlagan uchrashuvlarning ikkitasida murabbiylarga sariq kartochka ko‘rsatgan bo‘lsa, bitta uchrashuvda murabbiyni maydondan chetlatishgacha borgan.