Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Terma jamoalarimiz Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

Terma jamoalarimiz Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, bugungi kunda butun dunyo koronavirus bilan kurashmoqda. Ushbu xavfli virusning tarqalishi tufayli ko‘plab global voqealar va tadbirlar bekor qilinmoqda yoki qoldirildi. Shubhasiz, sport sohasi va u bilan bog‘liq barcha narsalar ham mazkur epidemiya sabab xavf ostida qolgan edi. Xususan, bu yil 4 yillikning asosiy sport tadbiri bo‘lmish Olimpiya o‘yinlari Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq koronavirus yoxud olimlar tomonidan “pandemiya” deb nomlangan xavfli virus musobaqaning o‘tkazilishiga ta’sir qilmoqda. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiadani bekor qilish yoki kechiktirish bo‘yicha muhokamalarga nuqta qo‘yib, musobaqaning o‘z vaqtida o‘tishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Shuningdek, XOQ barcha atletlarni Olimpiya o‘yinlariga tayyorlanishga chaqirmoqda.

O‘zbekiston hukumati tomonidan Respublika aholisini, shuningdek, sportchilarni epidemiyadan saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. XOQning joriyning yil 12 mart kuni bergan tavsiyasiga ko‘ra atletlarni Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash davom etadi. Shu bilan birga, terma jamoa a’zolarining xalqaro sport musobaqalari va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridagi ishtiroki, musobaqalar va boshqa sport tadbirlaridagi ishtiroki vaqtincha to‘xtatildi.

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda sportchilarimizning tayyorgarligini maksimal darajada kuchaytirish maqsadida yig‘inlar yurtimiz hududida joylashgan sport bazalarida davom etmoqda.

Hozirgi kunda akademik eshkak eshish, bo‘yicha terma jamoamiz Tuyabo‘g‘iz suv omborida tayyorgarlik olib bormoqda. Ertadan mazkur suv havzasida baydarka va kanoechilarimiz ham yangi mashg‘ulotlarga kirishadilar.

Dzyudo, taekvondo, para-taekvondo kabi terma jamoalarimiz tog‘li hududlarda yig‘in boshlagan bo‘lsa, sport va badiiy gimnastikachilarimiz poytaxtimizdagi bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda. Ta’kidlash joiz, barcha mashg‘ulot maydonlari xavfsiz zonada olib boriladi. Har bir sportchi federasiya rahbarlari va tibbiy xodimlarning qat’iy nazoratida bo‘lib, kuniga 3 mahal qat’iy belgilangan tekshiruvda bo‘lishadi. Shuningdek, barcha sport inshootlari zarur dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ta’minlangan. Sportchilarga gigiyena bo‘yicha barcha ma’lumotlar taqdim qilingan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, barcha mashg‘ulotlar karantin rejimida o‘tkaziladi. Begona odamlarga kirish man etilib, barcha zarur profilaktika choralari ko‘riladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:59, 19.03.2020.
O'qildi: 1886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.