Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Belarus matbuoti Jasur Yaxshiboyev haqida (video)

Belarus matbuoti Jasur Yaxshiboyev haqida (video)

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyevning Belarus chempionatidagi debyuti juda ajoyib chiqdi. Kamtargina «Energetik-BGU» klubi o‘z maydonida nomdor BATEni qabul qilib, kutilmaganda, hamyurtimizning ikkita goli evaziga g‘alaba qozondi.

Jasur kechagi o‘yini bilan Belarus matbuoti e’tiboriga tushdi. "Energetik-BGU" - BATE uchrashuvida Yaxshiboyevning harakatlarini by.tribuna.com sayti tahlil qildi. Uni o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola qilamiz.

"Hech narsaga qaramay, Belarus Oliy ligasi boshlandi. Ilk uchrashuvda «Energetik-BGU» o‘z uyida BATEni qabul qilib, ko‘pchilik uchun kutilmaganda 3:1 hisobida yorqin g‘alabaga erishdi.

G‘alabaga tamal toshini "studentlar"ning yangi futbolchisi — «Paxtakor»dan ijaraga olingan 22 yoshli Jasur Yaxshiboyev qo‘ydi. Birinchi holatda barchasini David Tve boshladi. U maydon markazida raqibni aldab o‘tib, o‘zbekistonlik futbolchiga uzatma berdi. Qolganini Yaxshiboyevning o‘zi hal qildi. Dastlab u Zaxar Volkovdan osonlik bilan o‘tib ketdi hamda darvoza maydoni chizig‘i oldidagi bir himoyachi va posbon Anton Chichkanni chalg‘itgancha bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 8 daqiqa o‘tib Jasur dublni rasmiylashtirdi. Junior Atemeng o‘zi bilan Volkovni olib ketdi. Natijada Yaxshiboyev darvaozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi.


O‘zbekistonlik legionerning «Energetika-BGU» safidagi debyut o‘yini Belarus chempionatining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi to‘purari Ilya Shkuringa nisbatan ham yaxshiroq taassuroq qoldirdi. Shkurin o‘tgan yili o‘zining ilk golini oltinchi turgan kelib «Islochi» darvozasiga urgan bo‘lsa, BATEga qarshi bahsda hech narsa ko‘rsata olmadi.

Yaxshiboyev esa birinchi bo‘limning o‘zida bemalol "xet-trik"ni rasmiylashtirishi mumkin edi. Bahsning 40-daqiqasida u Yegor Filipenkoni aldab o‘tib, posbon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Chichkan esa oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi. Hujumchi BATEga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilganini ta’kidlash lozim.



O‘zbekistonlik o‘yinchining xislatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak. U yuqori boshlang‘ich tezlikka ega, raqibni aldashni cho‘chimaydi va aksariyat holatlarda bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Bundan tashqari, u to‘p uchun oxirigacha kurashadi. Quyidagi videoni tomosha qiling. Unda Jasur to‘pni Dmitriy Bessmertniyga oldirganidan keyin oxirigacha kurashdi, gavdasi bilan ishladi, oyoqda tik turdi, to‘pni olib qo‘yib, ajoyib uzatma bilan jamoasi uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi.

Yaxshiboyev kattalar futbolida beshinchi mavsumni o‘tkazmoqda. «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi 2018 yilda 27ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. 2019 yilda esa AGMKga ijaraga berildi. Fevral oyida esa «Energetik-BGU» uni ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi.

"Studentlar" bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiyga Jasurning O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo chempionatidagi ishtiroki yoqqan bo‘lsa kerak. O‘zbekiston bu musobaqada yarim finalgacha yetib borgan bo‘lsa, chorak finalda u jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, BAA darvozasini ishg‘ol qildi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:11, 20.03.2020.
O'qildi: 12211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.