Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ronaldinyo turmada qanday kun kechirmoqda?

Ronaldinyo turmada qanday kun kechirmoqda?

Baho:
+ | -

Braziliyalik afsonaviy Ronaldinyo 6-mart sanasidan beri Paragvay qamoqhonalaridan birida saqlanayotganidan xabaringiz bor. Uni hujjatlarni soxtalashtirish gumon qilishgani bois turmada ushlab turishibdi.

Shunga qaramay, so‘nggi xabarlarga qaraganda, futbolchi o‘z vaqtini bekorga sarflamayapti. Qahramonimiz ozodlikdan vaqtincha mahrum etilganiga qaramay, havas qilsa arzigulik hayot kechirmoqda. Endilikda Roni istaganicha to‘p tepmoqda.

Zamonaviy futbolchilar karantin sababli uydan ko‘chaga chiqa olmayotgan bir paytda, Ronaldinyo o‘zi istamagan tarzda «karantin»da o‘tiribdi. Shu jumladan Ronaldinyo ham 6-martdan beri Paragvay politsiyasi tomonidan garovda ushlab turilmoqda.

Futbolchi va uning akasi Paragvaydan Braziliyaga uchib ketish uchun aeroportga tashrif buyurganidagina ularning hujjatlari soxta ekanligini ma’lum bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, sobiq futbolchining agenti mijozi hech narsadan bexabar ekanligini takrorlashdan charchamayapti. Aslida bu hujjatlarni mahalliy biznesmen Ronaldinyoga sovg‘a tariqasida taqdim etgan bo‘lsa-da, Paragvay hukumati Ronini turmada vaqtincha ushlab turibdi.

Qariyb ikki haftadan beri futbolchi og‘ir sharoitdagi jazo kalonasida hayot kechirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Roni akasi bilan qamoqhonadagi eng yaxshi kameraga joylashtirilgan. Qamoqhona mudirining aytishicha, aka-ukalar joylashgan kamera istalgan oteldan ko‘ra ko‘proq qulayliklarga ega ekan. Shuningdek, ular joylashgan blokda pora bilan qo‘lga tushgan Paragvay futbol federasiyasining sobiq rahbari ham saqlanmoqda.

Ronaldinyoning o‘zi tezroq turmadan chiqish uchun Paragvay sudidan uni garov evaziga qo‘yib yuborishlarini iltmos qilgan. Futbolchi o‘z iltimosini amalga oshirish maqsadida 1,6 million dollar taklif qilganiga qaramay, Paragvay hokimiyati futbolchining iltimosini rad etdi. Paragvay sudi aka-ukalarning Braziliyaga qochib ketishi mumkinligi sababli ularni hozircha maxsus kamerada ushlab turishni afzal ko‘rgan.

Hozircha Ronaldinyo va Roberto turmada yana qancha vaqt saqlanishi noma’lumligicha qolmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, aka-ukalar tergov to‘liq yakunlanmaguniga qadar Paragvaydan chiqib ketish huquqiga ega emas. Mahalliy nashrlarning bergan xabarlariga ko‘ra, tergov kamida 6 oyga cho‘zilishi mumkin.

Futbolchidan qamoqhonadagi mahbuslar birga to‘p surishni iltimos qilishgan, biroq Roni o‘ziga mos keluvchi oyoq kiyim yo‘qligi bois buni rad etgan. Shunga qaramay, so‘nggi kunlarda sobiq JCH g‘olibining qora oyoq kiyimda mini-futbol maydonida to‘p tepayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ronaldinyoning do‘sti Fernando Lugoning aytishicha, futbolchi uchun qamoqhonada barcha sharoitlar yaratilgan. U vaziyatdan norozi bo‘layotganiga qaramay, uning hayoti boshqa maxbuslarnikidan keskin farq qilayotgan ekan.

Qamoqhona noziri Vlas Vera bergan intervyuga ko‘ra, futbolchining kundan-kun kayfiyati yaxshilanib bormoqda.

“Ko‘rinib turibdiki, uning kayfiyati juda yaxshi. Men uni telekran orqali mana shunday qunvoq qiyofada ko‘rishga o‘rganib qolganman. U qamoqhonadagi boshqa maxbuslar bilan so‘zlashganini va ular bilan ochiq havoda aylanib yurganini ko‘rdim”.

Bugungi kunda Roni tushib qolgan vaziyat barcha o‘ylaganichalik og‘ir emas. Futbolchi har kuni o‘zi istagan taomni buyurtirishi, istagan vaqtda kameradan chiqish huquqiga ega. Shunga qaramay, braziliyalik tezroq barchasiga chek qo‘yishni istamoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:54, 21.03.2020.
O'qildi: 9915 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.