Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Liverpul»ning do‘sti»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Liverpul»ning do‘sti»

Baho:
+ | -

Bugun 22 mart. Futbolchilar, murabbiylar va klublarga aloqasi yo‘q sana. Lekin umumfutbol uchun muhim kun.

1888 yili 22 mart kuni London shahrida Angliyaning bir qator klublari rahbarlari to‘planib, barcha jamoalarni birlashtirib turadigan Liga tuzishga kelishib olishgan. Ya’nikim, Angliya Futbol Ligasi g‘oyasi tasdiqlangan kun.

O‘sha paytdagi tartibsizlikdan bezor bo‘lgan saviyali shaxslar klublar faoliyatiga professional yondoshish uchun ham shu ishga qo‘l urishgan va maqsadlariga yetishishgan. Ayni paytgacha eng qadimgi Liga hisoblanadigan tashkilot barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

AFLning tasarrufiga Chempionship, 1 va 2-liga turnirlari kiradi. 1992 yilga qadar Angliya birinchi divizioni ham kirardi. Lekin turnir Premyer-liga maqomini olgach, alohida tashkilotga aylandi.

1995 yildan ligada 72 klub mavjud. Yuqorida aytganimizdek, ular uchta divizionda qatnashadilar. Uelsning bir qismi ham bu Ligaga a’zo.

AFL egidasi ostida ikki kubok turniri o‘tkaziladi – Angliya futbol ligasi kubogi (Carabao Cup) va Angliya futbol ligasi trofeyi (Leasing.com Trophy).

Ayni shu kunlarda bu qadimiy tashkilotga asos solinganini eslashimizning o‘ziga xos mazmuni bor. Oxirgi marta AFL Angliya chempionini aniqlagan davrlar  “Liverpul” o‘ynab kulib Angliya chemrioni bo‘lar edi. Va hatto Liganing turniri bo‘lmish AFL kubogida ham 8 bor g‘olib kelib, rekord qayd etgan.

AFL premyerliga ishlariga aralashmay qo‘yganiga ham 30 yil bo‘lyapti. Liverpulliklar ushbu tashkilot egidasi ostida Angliya chempionligi aniqlansagina, g‘oliblikni osonlikcha qo‘lga kiritishar ekan, bilib oldik. Premyerliga ajralib chiqqach, keyingi chempionlikka endi-endi yetib kelmoqda. Ha, dahshatli farq bilan-da yetib kelganicha yo‘q hali. O‘rtaga koronavirus balosi tiqilib kirdi.

Xullas, futbol vatani sanalmish Angliyada rasmiy bahslar asosan Liverpul shahrida boshlanganini hisobga olsak, uning bag‘rida ham asosan shu shahar futbolchilari o‘zlarini yaxshi his etishgan va yangi turnirda o‘ttiz yil deganda g‘olib bo‘laman deganda nimalar sodir bo‘layotganini ko‘ryapmiz. Balki Premyer-liga yana qadimgi Liga egidasi ostiga qaytar, a? Bunga Liverpulning qo‘shnisi – Manchester shahri ko‘nmasa kerak.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov

Мана ўша 1990 йили “Ливерпуль” клубининг шу кунгача охирги бор ғолиб бўлган мавсуми якуни. Кейинчалик “Манчестер Сити”га чемпионлик улашган КПР ўша куни “Энфилд” эгалари қаршилигини синдиришга роса уринган бўлса-да, Кенни Данглиш шогирдлари ўз устунликларини намойиш эта олишган эди. Қизиғи, Данглиш футбол тарихида ўйновчи мураббий тариқасида ғолиб бўлган икки мураббийдан биридир. "Энфилд" учун ҳам бу муҳим – ахир, "Ливерпуль" ўз фарзандларини бошқача ардоқлайди-ку...

Kiritildi: 07:11, 22.03.2020.
O'qildi: 3690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.