Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Mario Getse yozda jamoa o‘zgartiradi

 

“BILD” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Mario Getse Dortmundni tark etishi mumkin.

Manbada yozilishicha, nemis futbolchisi klubi taqdim etayotgan o‘yin amaliyotidan qoniqmayapti. Shu sababli, Dortmundliklar bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilish orqali boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Katta ehtimol bilan Getsening keyingi manzili Angliyaning “Everton” yoki Germaniyaning “Gerta” klublaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

“Barselona” himoyachi izlamoqda

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi himoyachi izlashda davom etmoqda. “Diario Sport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Barselona” jamoasi “Vilyareal” klubi futbolchisi Pau Torresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Sariq suv osti kemasi” 23 yoshli futbolchini jamoada ushlab qolishni istamayapti, biroq uning transferidan 50 million yevro ishlab olishni istamoqda.

Avvalroq, Pau Torres bilan “Arsenal” va “Tottenhem” jamoalari qiziqish doirasiga tushib qolgan edi.

“Liverpul” himoyachi izlamoqda

 

“Atletiko Madrid” klubi himoyachisi Xose Ximenes Angliyaning “Liverpul” jamoasi nishonida turibdi.

“Thesun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, ingliz klubi yozda jamoani takr etishi kutilayotgan Deyan Lovrenning o‘rnini aynan urugvaylik futbolchi to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, “Liverpul” shortlistida Allesandro Bastoni va Dayo Upamekano ham mavjud.

Donnarumma uchun asosiy da’vogarlar ma’lum

 

Milanning “Milan” klubi posboni Janluiji Donnarumma uchun kurashdagi fovorit jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

“DailyDail ” nashri bergan xabarlarga qaraganda, italiyalik darvozabon uchun yozda Londonning “Chelsi” va PSJ klublari kurash olib boradi.

Hozircha Donnarumma o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan bo‘lsada, uning “Milan”ni tark etishi tobora aniqlashib bormoqda.

Avvalroq Donnarumma bilan Turinning “Yuventus” klubi ham qiziqib qolgani haqida xabar bergan edik.

“Barselona” Rakitichning narxini e’lon qildi

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Ivan Rakitichni yozda sotishga qaror qildi. Bu haqida “90 min” nashri ma’lum qilmoqda.

Kataloniya klubi xorvatiyalik futbolchini 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan. Futbolchining o‘zi “Sevilya”ga qaytishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi bu mavsumda 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta assistni yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:48, 23.03.2020.
O'qildi: 8179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.