Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

“Fiorentina” futbolchisi hammaga kerak

“Calciomercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Fiorentina” yarim himoyachisi    Gaetano Kastrovilli “Napoli” nishonida turibdi.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, iqtidorli futbolchi yaqinlashib kelayotgan transfer oyanasi chog‘ida jamoasini o‘zgartiradi.

Shuningdek uning hizmatlari bilan Turinning “Yuventus” jamoasi ham qiziqmoqda, biroq Kastrovilli o‘yin amaliyoti taqdim etishga qodir jamoada to‘p surishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachini transfermarket portal 25 million yevroga baholagan.

“Chempionship” yulduzi London klublari nishonida

 

Taniqli “SkySports” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Midlsbro” klubining iqtidorli hujumchisi – Kalum Kavana Londonning “Chelsi” va “Arsenal” klublari e’tibor markazida turibdi.

16 yoshli futbolchining o‘yinlari ushbu klublar e’tibor bilan kuzatmoqda.

Bu mavsumda 16 yoshni qarshi olgan irlandiyalik futbolchi chempionshipning 16 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol yozib qo‘ydi.

Beyl qanday shart bilan “Tottenhem”ga qaytmoqchi?

 

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Garet Beyl faqat bir shart bilangina Londonga qaytishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

“Mundo Deportivo” nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Beylni sotib olish uchun “shporlar” Keynni 100 million yevroga sotishlariga to‘g‘ri keladi.

Ispaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “Real Madrid” agar Xarrini o‘z safiga qo‘shib olmqochi bo‘lsa, uning transferiga Garet Beylni qo‘shib berishlari shart.

 

“Arsenal”dan ko‘tara savdo

 

Taniqli “Goal.com” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Londonning “Arsenal”klubi yozda bir yo‘la 5 ta futbolchisini transferga qo‘yadi.

Unga ko‘ra, Shkodran Mustafi, Sead Koloshinas, Moxamed Elneni, Genrix Mxitaryan va Sokratis Papastatopuloslar ketish uchun bosh nomzodlar sifatida qayt etilmoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, armanistonlik futbolchi faoliyatini katta ehtimol bilan “Roma” safida davom ettiradi. Qolgan futbolchilarning kelajaklari hozircha qorong‘u bo‘lib qolmoqda.

“Liverpul”ga “Verder” futbolchisi kerak

 

Angliyaning “Liverpul” jamoasi Germaniyaning “Verder” klubi qanot hujumchisi Milot Rashis bilan jiddiy qiziqib qolgan.

Mersisayd klubi allaqachon kosovalik futbolchi uchun rasmiy taklif jo‘natishga ulgurdi. Britaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, 23 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Sherdan Shakirining o‘rnini egallaydi.

Nemis klubi Milot uchun 35 million yevro talab qilmoqda. Hozircha transfer haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:15, 23.03.2020.
O'qildi: 6104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.