Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/03 00:45 Lechche 0-1 Roma
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari 3-0 Monsa
30/03 17:00 Xetafe 1-2 Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina 1-0 Atalanta
30/03 19:15 Barselona 4-1 Jirona
30/03 21:00 Inter 2-1 Udineze
30/03 21:30 Valensiya 1-0 Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao 0-0 Osasuna
30/03 23:45 Napoli 2-1 Milan
31/03 00:00 Betis 2-1 Sevilya
31/03 21:30 Verona - Parma
31/03 23:45 Lasio - Torino
01/04 00:00 Selta - Las-Palmas
01/04 23:45 Vulverhempton - Vest Xem
01/04 23:45 Arsenal - Fulhem
02/04 00:00 Nottingem Forest - Man. Yunayted

Ular biror marotaba ham chempion bo‘lishmaganiga ishonasizmi?

Ular biror marotaba ham chempion bo‘lishmaganiga ishonasizmi?

Baho:
+ | -

Qanchalar g‘alati eshitilmasin, Marko Roys o‘z faoliyati davomida biror marotaba Bundesligada g‘olib chiqmagan. Qahramonimiz klubga Kloppning oltin davrining yakunida keldi va chempionlik ta’mini totib ko‘rmadi.

Xo‘sh u singari o‘z faoliyati davomida biror marotaba ichki birinchilikda g‘olib chiqmagan yulduzlardan yana kimlarni bilamiz?

Marek Gamshek 32 yosh.

Chempionatlardagi o‘yinlari soni: 501

O‘ynagan klublari: «Slovan» Bratislava, «Breshia», «Napoli», «Dalyan Ifan»

Slovakiyalik pleymeyker sobiq jamoadoshlari boshqa klublarda sovrin yutayotganini kuzata-kuzata 32 ni ham “urib qo‘ydi”! Darhaqiqat, u bilan birga to‘p surgan Iguain chempionlik uchun “sotqin” nomini ortirsada o‘z maqsadiga erishdi. Lavezzi, Kavani singari futbolchilar xalqaro darajada yulduzlarga aylanishdi. Gamshek esa birorta chempionating oltin medallirini bo‘yniga taqmay turib Xitoyga ravona bo‘ldi.

Gamshek davrida “Napoli” chempionlik uchun har mavsum kurash olib bordi, biroq ular 2-o‘rindan uyog‘iga o‘ta olishmadi.

Antuan Grizman 28 yosh.

Chempionatlardagi o‘yinlari soni:386

O‘yinagan jamoalari: «Real Sosyedad», «Atletiko», «Barselona»

 

Antuan o‘zining ilk professional mavsumida “Real Sosyedad” jamoasiga “Segunda”da g‘olib chiqish imkonini yaratib berdi. O‘sha g‘oliblikdan so‘ng, amaldagi JCH g‘olibi chempionatda g‘olib chiqish nima ekanligini bilmay kelmoqda.

Antuanni “Atletiko” Diyego Kostaning o‘rniga harid qilishgan edi. Antuan “Matraschilar”ning statusi tushib ketmasligini ta’minladi, biroq chempionlikka erisha olmadi.

Shunga qaramay, unda chempionlikni his etish imkoni mavjud. Buning uchun “Barselona” bilan mavsumni yuqori notada yakunlash talab etiladi.

Daniyele De Rossi 36 yosh.

Chempionatdagi o‘yinlari soni: 464

O‘ynagan jamoalari : “Roma”, “Boka Xuniors”.

 

Italiya futbolining tirik afsonasi Rimda Totti singari juda mashxur personajlardan biri. Deyarli butun kariyerasini “Roma”ga bag‘ishlagan Daniyele atigi 2 ta Italiya kubogini qo‘lga kiritdi xolos. Rimliklar qancha urunishmasin, De Rossi davrida ikkita kumush medallardan boshqasiga ega chiqishmadi.

Shunga qaramay, De Rossi 2006-yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shu sababli, kariyerasi juda alamli o‘tgan deyishdan yiroqdamiz!

Fernando Torres 35 yosh.

Chempionatdagi o‘yinlari soni:544

O‘ynagan jamoalari: «Atletiko», «Liverpul», «Chelsi», «Milan», «Sagan Tosu»

“Elnino”ni bu ro‘yxatda ko‘rishni tahmin qilmagan edingiz chamamda! Ispaniya terma jamoasi safida istalgan raqiblarini bir chetga surib tashlagan hujumchi o‘z faoliyati davomida birorta chempionatda g‘olib chiqmaganigaishonish qiyin.

Eng qizig‘I shundaki, unda ikkita Yevropa chempionligi, YECHL g‘olibligi mavjud bo‘lsada, ichki birinchilik oltin medallar mavjud emas. Qahramonimiz sharqiy Osiyoda ham o‘z maqsadiga yeta olmay turib butsalarini mixga ilib yubordi.

Ugo Lyoris 33 yosh.

Chempionatdagi o‘yinlari soni 470

O‘ynagan jamoalari: «Nissa», «Lion», «Tottenxem»

Amaldagi JCH g‘olibining klublar bilan ishi yurishmagani rost. Uning iqtidoridan kelib chiqib aytishimiz mumkin-ki, Lyoris atigi bir bor Fransiya kubogini boshi uzra ko‘tarishga loyiq emas edi.

Eng achinarlisi shundaki, 2012-yilda “shporlar” safiga borib qo‘shilgan darvozabon klublar miqiyosida birorta sovringa ega chiqmadi. Shunga qaramay, fransuz klubi bilan shartnomani 2022-yilga qadar cho‘zdirdi va hali-xamon sovrin yutishdan umidini uzgani yo‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:19, 23.03.2020.
O'qildi: 7616 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz