Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Fernandesh effekti, Sulsher fundamenti «MYU»ning so‘nggi muvaffaqiyatlari siri

Fernandesh effekti, Sulsher fundamenti «MYU»ning so‘nggi muvaffaqiyatlari siri

Baho:
+ | -1

«Manchester Yunayted» inqirozning barcha turlarini boshdan kechirib, nihoyat, 10ta mag‘lubiyatsiz o‘yindan iborat seriyani qayd etdi. «Qizil iblislar» mavsumning yakuniy pallasiga yuqori kayfiyatda yetib kelishdi, chempionatdagi o‘rin ham yomonmas, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib turibdi, shuningdek, ikkita sovrin uchun hamon kurashishmoqda.

Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi jamoaning so‘nggi muvaffaqiyatlaridan biri Manchester derbisida qayd etildi. Xo‘sh, bunday yutuqlar zamirida nima yotibdi va quvonish asoslimi? «MYU»ni oldinda nima kutyapti? Football.ua saytining tahliliy maqolasi shu mavzuga bag‘ishlandi.

Bruno Fernandesh kelganidan keyin «Manchester Yunayted»ning ishlari yurishib ketgani tasodif emas. Portugaliyalikdan shunday saviyali o‘yin ko‘rsatishni kutishgani haqida nimadir deyish qiyin, ammo u mankunianliklarni «uyg‘otdi». «MYU», nihoyat, «o‘nlik» pozisiyasidagi yaxshi ijodkorni - keskin uzatmalar beradigan, to‘pni oldinga olib borib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga cho‘chimaydigan futbolchiga ega bo‘ldi. Boz ustiga, portugaliyalik qisqa muddatda haqiqiy yetakchiga aylandi. Fernandesh ham o‘ziga, ham sheriklariga talabchan, buni maydonda baralla aytishdan qo‘rqmaydi.

Oxirgi 10ta o‘yinning atigi 2tasida «Manchester Yunayted» darvozasidan to‘p olib chiqdi. Mudofaa chizig‘i avvalgidan ishonchliroq o‘ynayaptimi? Ishonch ortgani tayin. Fernandesh Fredning zimmasidagi yukning bir qismini o‘ziga oldi, braziliyalik dirijyorlik vazifasidan xavotir olmasa ham bo‘laveradi, endi u o‘z ishini qiladi. Bruno ijrosidagi samarali uzatmalarni asli Lingard va Pereyralar amalga oshirishi kutilgandi, zero aynan shu futbolchilar portugaliyalikning nuqtasida to‘p surishardi.

Shuningdek, Nemanya Matichning xizmatlarini ham e’tirof etish darkor. Serb ajoyib formada va «MYU»ning maydon markazidagi o‘yinini sezilarli tarzda mustahkamladi. Fredning jonkuyarligini ham unutmaslik kerak, jarohatdan qutulgan Maktominay ham bor. «Qizil iblislar»ning o‘rta chizig‘i shakllanib ulgurgandek - hamma o‘z ishini bajaryapti. Qolaversa, Sulsherda rotasiyalarni amalga oshirish imkoniyati tug‘ilmoqda. Avvallari bu narsa unga hashamatdek tuyulardi.

O‘yindagi ijobiy jihatlardan tash­qari, jamoada o‘ziga bo‘lgan ishonchning ortgani ham yaqqol sezilmoqda. To‘g‘ri, Sulsherning uslubini to‘liq ifodalashga hali vaqt bor. Mankunianliklar raqib kuchli himoyalanganda qiyinchilikka uchrashmoqda. Ammo endilikda oldingi chiziqda yuqoridan keladigan to‘plarni egallaydigan futbolchi bor. «Ikkinchi qavat»dagi kurashga moslashmagan Reshford va Martialga yo‘llangan uzatmalarni ko‘rish og‘riqli edi. Xitoydan olib kelingan Igalo «MYU» o‘yiniga tez ko‘nikdi, bir nechta gollarni urishga ham ulgurdi. Nigeriyalik hujumchi raqib jarima maydonchasida o‘zini qulay his etadi, korpusidan unumli foydalanadi. Shu zayl davom etsa, «Manchester Yunayted» uni to‘liq sotib olishga astoydil bel bog‘lasa, ajabmas.

Fernandesh yaqqol foydadan tashqari, «qizil iblislar»da kuzatilayotgan muammoni ochib berdi va bu muammo yozda hal etilishi kerak. Ba’zan «MYU»ning o‘yinlarini tomosha qila turib, portugaliyalikka oldingi chiziqda aqlli sheriklari yetishmayotgandek tasavvur uyg‘onadi. Martial qayerga ochilishi kerakligini har doim ham tushunmaydi, Jeymsdan esa ko‘pincha odatiy qarorlar chiqadi. Fernandesh bir necha marta 11 metrli nuqta yonida yolg‘iz qolganiga qaramay, sheriklari unga pas bermay, darvoza tomon zarba yo‘llashdi. Portugaliyalikning yonida Mata bo‘lsa, bu ijrochilar bir xil toifadan ekanligi darhol seziladi. Ularning oyog‘ida to‘p boshqacha harakatlanadi.

Yozda «Manchester Yunayted» bir-ikki nafar yuqori darajali hujum chizig‘i vakillarini sotib olishi kerak. Navbatdagi nomzod sifatida Sancho ko‘rsatilmoqda, shuningdek, Grilish va Meddison haqida gap-so‘zlar bor. Jeydon «MYU»ning o‘ng qanotiga juda mos. Vaholanki, OAVda xabar berilishicha, angliyalik vinger Manchesterning alvon qismiga o‘tishga qarshi emas. Bundan tashqari, Fernandeshning kelishi Pogba bilan bemalol xayrlashish mumkinligiga ishora berdi. Fransuzning jamoada ekanligi ortiqcha ahamiyatga ega emas va yozda u bilan xayrlashish kerak, agar munosabatlar «iliqlashmasa», albatta.

Ole-Gunnar Sulsherga ham alohida minnatdorlik bildirsa arziydi. Balki murabbiylik ishida unga ayrim savollar bordir, biroq u o‘sishga erishmoqda va buni futbolchilar ham ta’kidlashdi. Menejerlik masalasida norvegiyalik mutaxassis qo-yilmaqom ish yuritmoqda. U og‘ir va uzoq muddatli jarayonga kirishdi, asosiysi, to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti. Biroq keyingi mavsum uchun CHL yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmasa, hozirgacha qilingan ishlarning qiymati pasayadi. «Bernli» kabi jamoalar bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotilaversa, kuchli oltilikdagi raqiblar ustidan qozonilgan g‘alabalar ahamiyatini yo‘qotadi.

Demak, «MYU» yozda transfer siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi kerak. Maguayr - mudofaa chizig‘i yetakchisi, Van-Bissaka - maydonda Sterling kabi vingerlar uchun misoli qo‘rqinch­li tush, Jeyms - o‘z pulini oqlaydigan ajoyib o‘yinchi, Fernandesh - Manches­terning yangi yulduzi, Igalo esa sevimli jamoasi libosida gollar urmoqda. Hozircha hammasi yaxshi, biroq kelayotgan yozda to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirishdan tashqari, boshlangan tozalovni davom ettirish ham maqsadga muvofiq.

Pogba ishi hal etildi. Shuningdek, Sulsherning rejalariga kirishi ehtimoli past, ammo maoshi miqdori yuqori bo‘lgan Sanches ham muammo tug‘dirishi mumkin. Lingard va Pereyra yuqori darajali o‘yinni ko‘rsatishga qodir emaslar. Ularning astoydil urinishayotgani haqiqat, biroq katta klublarda buning o‘zi yetarli emas. Qolgan futbolchilarga ortiqcha e’tiroz yo‘q.

Xaridlar masalasiga qaytsak, yarim himoyaga krea­tiv o‘yinchilarni jalb etishdan tash-qari, markaziy himoyachiga ham ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Sulsher asosan Lindelyof, Maguayr, Bayi, Tuanzebe hamda Jonsning xizmatlariga tayanmoqda, ammo oxirida nomi keltirilgan ikki futbolchi maydonda kam ko‘rinish berishmoqda. Qolaversa, Bayi­ga ham to‘liq ishonib bo‘lmaydi. Uchinchi markaziy himoyachi rolida ba’zan Shouni ko‘rib qolamiz. Agar «MYU» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, yirik o‘yinlarda uch himoyachi taktikasidan voz kechmaslik to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Axir bu uslub ish beryapti. Ehtimoli yuqori transfer sifatida Smollingning qaytishini kutish mumkin. Saviyasi yaxshi bo‘lgan tajribali himoyachi. Yana nima kerak?

Van-Bissaka va Shouga o‘rinbosarlar masalasi ham og‘riqli nuqta. Dalot optimal formaga kirib ulgurmadi, Uilyams esa, garchi yuqori salohiyatiga ega bo‘lsada, hali yosh va ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Ularning o‘rniga kimdir olinadimi, taxmin qilish mushkul. Hujumchi mavzusi ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Sulsher bir mavsumda 30talab gol uradigan forvardga ehtiyoj sezmoqda. Bunga kim qodir?

Reshford jarohat olguniga qadar vinger pozisiyasida 19ta gol urishga ulgurgandi. Martial hisobida hozircha 16ta gol bor. Kelajakda top darajadagi to‘purarga aylanishi kutilayotgan Grinvud 11ta to‘p kiritgan. Martialni klassik hujumchi deyish qiyin - fransuzga quvvat yetishmaydi. Ehtimol, Antonida o‘z o‘yini bilan Sulsherni yangi hujumchi sotib olmaslikka ko‘ndirish uchun yetarlicha vaqt bor. Boz ustiga, norvegiyalik murabbiy Grinvudning ko‘nikmalarini rivojlantirishni paysalga solmasa kerak.

Mavsum qanday yakunlanishidan qat’iy nazar, Sulsher yaxshi ishlab, yangi jamoaga poydevor qo‘yib ulgurdi. Ushbu mutaxassisga CHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish juda muhim va u shogirdlari bilan mazkur turnirga chiqish yo‘lida barcha ishni qilishga tayyor. Futbolchilar Olega, murabbiy esa - «Manchester Yunayted»ga ishonadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:50, 24.03.2020.
O'qildi: 5256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.